O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Uchta bir xil sondan iborat avtoraqamning boshlang‘ich bahosi – eng kam oylikning yuz barobariga teng

2017-11-27 | Jamiyat

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan birja savdolari hamda elektron tijoratning zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda aksiyadorlik jamiyatida savdolar shaffofligini ta’minlash, bozor narxlari shakllanish mexanizmini takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash va yangi savdo uslublarini joriy etish orqali tadbirkorlar hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birja bozorlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish choralari ko‘rilayotgani ta’kidlandi. 

2017-yilning 10 oyi mobaynida O‘zRTXBda 11,4 trillion so‘mlik bitimlar tuzilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 foiz ko‘pdir. Birjada ro‘yxatdan o‘tgan yangi mijozlarning soni 20 foizga ko‘payib, 7,6 mingtani tashkil etdi. Birja savdolarining hajmi 19 foizga o‘sdi. Shuningdek, tadbirkorlar birja orqali 5,7 trillion so‘mlik tovar resurslarini xarid qilib, o‘zlarining 2,3 trillion so‘mlik mahsulotini sotdi. 

Yilning asosiy yangiligi – avtoraqamlarni sotish bo‘yicha yangi savdo platformasining ishga tushirilishi tufayli jismoniy shaxslar birjadagi elektron savdolarda faol qatnashmoqda. Bunda mijozning ro‘yxatdan o‘tishidan tortib, to bitimni tuzishgacha bo‘lgan barcha operatsiya va tranzaksiyalar O‘zRTXBning avtoraqam.uzex.uz vebsayti va mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetida amalga oshiriladi. 

– Yangi savdo platformasi ishga tushirilishi avtotransport egalari orasida katta qiziqish uyg‘otdi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati mutaxassisi Jasur Yunusov. – Raqamlar uchta toifaga bo‘lingan holda sotilmoqda. Misol uchun, uchta bir xil sondan iborat avtoraqamning boshlang‘ich narxi eng kam ish haqining yuz barobariga teng. O‘tgan davrda onlayn auksionlar orqali sotilgan 684 avtoraqamning qiymati 14,4 milliard so‘mdan oshdi. 

Avtoraqam elektron tizimida har kuni o‘rtacha 10 bitim tuzilmoqda. Xaridorlarning tarkibiy tuzilmasida yetakchi o‘rinni Toshkent shahri va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egallamoqda. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona, Samarqand, Xorazm, Andijon, Namangan va Sirdaryo viloyatlari xaridorlari joylashgan. O‘tkazilayotgan raqobatli savdolar jarayonida avtoraqamlarning oliy toifasi bo‘yicha 249 ga yaqin talabnoma, ikkinchi va uchinchi toifaga o‘rtacha 54-30 ta narx taklifi berilmoqda. 

Matbuot anjumanida birjada elektron tijoratni yanada rivojlantirish maqsadida yaqin kelajakda auksion savdolarida sotilayotgan tovarlarning nomenklaturasini kengaytirish, yarmarka savdolarida kafolatlash mexanizmlari joriy etilishi haqida ma’lumot berildi. Birja mutaxassislari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. 

 
Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться