O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kinochilar uchun yangi "Damas"lar

2017-11-27 | Jamiyat

"O‘zbekkino" Milliy agentligida mazkur tashkilotning hududiy bo‘limlariga "Damas" rusumli avtomashinalarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

"O‘zbekkino" Milliy agentligi bosh direktori F.Zokirov va boshqalar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, san’at va madaniyat ravnaqida yangi istiqbollarni ochayotganini ta’kidladi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan milliy kinematografiyani rivojlantirish borasida boshlangan ezgu tashabbuslar "O‘zbekkino" Milliy agentligi faoliyatini takomillashtirish, milliy kino mahsulotlari hajmini yanada kengaytirish, jahon talablariga javob beruvchi kinozallarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish, zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘ini yaratish borasidagi amaliy ishlar ko‘lamining ortishiga imkon beradi. 

Bu boradagi vazifalardan kelib chiqqan holda "O‘zbekkino" Milliy agentligi tomonidan davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kinofilmlarning g‘oyaviy-badiiy saviyasi, mazmun-mohiyati hamda mutaxassislarning professional darajasini oshirish maqsadida kino fidoyilaridan iborat Badiiy kengashning yangi tarkibi shakllantirildi. 

"Qoraqalpoqkino" agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari uchun bittadan "Damas" rusumli avtomashinalar ajratildi. Shuningdek, hududiy bo‘limlarda qo‘shimcha shtat birliklari tashkil etilmoqda. Filmlarning kino prokatiga oid konsepsiya ishlab chiqilmoqda. 

Tadbirda "O‘zbekkino" Milliy agentligining hududiy bo‘limlariga "Damas" avtomashinalari topshirildi.

 

Nazokat Usmonova, O‘zA

Поделиться