O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ohangaronda yuqori sifatli elektr-maishiy texnikalari ishlab chiqaradigan korxona ishga tushdi

2022-05-10 | Iqtisodiyot

Mamlakatimiz bozorida o'z mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida korxona ta'sischilari – Birlashgan Arab Amirliklarining “Fajr Al Mustaqbal General Trading” korxonasi hamda “Vista Electronics Group” MChJ QK hamkorligida "Kir yuvish mashinalari va sovutgichlar ishlab chiqarish" loyihasiga 2020-yil may oyida start berilgan edi.

“Angren” EIZ tashabbusi bilan amalga oshirilgan mazkur loyiha 5 yilga mo'ljallangan bo'lib, umumiy qiymati 23,5 million AQSh dollarini tashkil etadi. Bugungi kunga qadar, korxona investorlari tomonidan 6,717 mln. dollarlik sarmoyalar o'zlashtirilgan.

Korxona hozirgi kunda 154 nafar ishchi-xodimlarni qabul qilib, ishni boshlagan bo'lsa, to'liq quvvatda ishga tushganidan keyin umumiy hisobda 500 narfarga yaqin kishi mehnat qilishi ko'zda tutilgan.

Korxona yiliga 100 ming dona kir yuvish mashinasi hamda 200 ming donagacha sovitgichlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Investitsiya loyihalari asosida birinchi bosqichda 49 million dollarlik, ikkinchi bosqichda esa 57,6 million dollarlik mahsulotlar mahalliy va xorijiy davlatlar bozorlariga “Made in Uzbekistan” brendi ostida etkazib berilishi reja qilingan.

Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Поделиться