O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijon viloyati sanoat salohiyatini oshirishning yangi imkoniyatlari

2022-05-07 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligidagi ishchi guruh Andijon viloyatining iqtisodiy va sanoat rivojlanishining bugungi holatini o‘rganish maqsadida ushbu hududga jo‘nab ketdi.

Joylarga amalga oshirilgan tashrif davomida infratuzilmaning joriy holati, mahalliy sanoat korxonalari va ular tomonidan chiqarilayotgan mahsulotlar o‘rganildi.
 
Tadbirkorlar va eksportchilar bilan ishlab chiqarish jarayonining amaliy jihatlari, ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish orqali korxonalar faoliyatini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot korxonalarning hozirgi holatini, texnologik jarayonini hamda yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni o‘rganishga imkon berdi. Muammolar har tomonlama tahlil qilindi, shundan so‘ng aniq yechimlar ishlab chiqildi, ularni amalga oshirish muddatlari va mas'ul ijrochilar belgilandi.
 
Tadbirkorlar va eksportchilar ishchi guruh a'zolari bilan korxonalarni yanada kengaytirish va modernizasiya qilish, ichki va tashqi bozorlarda talabgir va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarning yangi turlarining ishlab chiqarishini o‘zlashtirish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
 
Bevosita joylarda tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlarga zarur bo‘lgan ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha choralar belgilandi.
 
Shu bilan birga, korxonalarga tashrif davomida foydalanilmagan zaxiralarni ishga solish hamda ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar bilan yangi loyihalarni amalga oshirishda ularga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida ular bilan yaqin hamkorlik qilish orqali hududda investitsiyaviy, sanoat va eksport faoliyatini yanada kengaytirish istiqbollari o‘rganildi.
 
Shu nuqtai nazardan, ishchi guruh a'zolari – vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga innovasion texnologiyalardan foydalaniladigan to‘liq siklli ishlab chiqarish ob'ektlar sonini ko‘paytirish, tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi.
 
Shuningdek, infratuzilmaviy va ijtimoiy ob'ektlarning bugungi holati tahlili ham o‘tkazilgan tashrif yakunlari bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga o‘z faoliyatini ishbilarmon doiralar bilan to‘liq va uzluksiz hamkorlik qilishga, ishlab chiqarish ob'ektlarining to‘liq quvvatda ishlashini ta'minlashga, yangi ish o‘rinlari yaratishga va tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться