O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiyani jadallashtirish orqali aholining ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishini ta’minlash imkoniyatlari

2022-05-10 | Iqtisodiyot

Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya darajasini oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida hududda, ekspertlar fikrini hisobga olib, transport infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulaylik yaratish belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga muvofiq, “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ni amalga oshirishga oid Davlat dasturining 154-bandida keltirilgan Qashqadaryo viloyatining urbanizatsiya darajasini 50 foizga yetkazish belgilangan.

        Qayd etilgan masala bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan xalqaro ekspert va mutaxassislar jalb etilgan.

        Xalqaro ekspert va mutaxassislarning ta’kidlashicha, bugungi kunda Qashqadaryo viloyati hududida aholi punktlari transport infratuzilmasidan uzoqroq masofada joylashgan. Bu esa, Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishiga, shu jumladan, aholining turmush darajasini yanada yuksaltirishga, aholining tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qisqa muddatda ta’minlanishiga, ijtimoiy obyektlarning samarali joylashuviga hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan to‘laqonli ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridan biri – transport infratuzilmasining mavjudligi va undan samarali foydalanishdir.

Aglomeratsiya va ichki migratsiya jarayonlarini hisobga olgan holda aholisi 1,43 mlndan ziyod bo‘lgan shahar aholi punktlarining ixchamligini va qulay joylashuvini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borish rejalashtirilgan.

        Qashqadaryo viloyati hududida ayrim shaharlarga chegaradosh bo‘lgan bir qator qishloq aholi punktlar mavjud. Ularda shart-sharoitlarni (suv, oqova suv, elektr, gaz va h.k.) to‘laqonli ta’minlanishi mazkur hududlarning aglomeratsiyadan kelib chiqqan holda shaharni kengaytirish mumkinligi nazarda tutiladi.

        Shundan kelib chiqib, Iqtisodiy taraqqayot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda yuqorida keltirilgan masalani ta’minlash maqsadida quyida keltirilgan bir qator yo‘nalishlarga e’tibor qaratilmoqda:

  • hududda infratuzilmani to‘liq ta’minlanishiga, kelgusida ishlab chiqarishning tashkil etilishiga, uy-joy va ijtimoiy obyektlarning (bog‘cha, maktab, shifoxona va h.k.) barpo etilishiga zamin yaratish;
  • shahar infratuzilmasi deyarli shakllangan bir qator shaharchalarni tanlab, shu hududda infratuzilmani to‘liq yo‘lga qo‘yish uchun tegishli choralar ko‘rish va mablag‘ ajratish;
  • shaharga tutash va uning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasidan foydalanayotgan qishloq mahallalarni tanlab, asosiy e’tiborni ushbu qishloq mahallalari kelgusida shahar hududiga kiritish maqsadida tegishli choralarni ko‘rish.

        Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining aholisi qariyb 3,4 mln kishini tashkil etadi, urbanizatsiya darajasi – 42,8%, ya’ni shahar aholisi – 1,46 mln kishi bo‘lsa, qishloq aholisi esa 1,95 mln kishidan iborat.

        Qashqadaryo hududida aholiga qulay shart-sharoit yaratish, ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida urbanizatsiya darajasini 50 foizga yetkazish hamda transport infratuzilmasini yaxshilash orqali tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj ta’minlanadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться