O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Hukumat soati”: 2022 yilda aholining suv ta’minoti darajasi 69,7 foizdan 74,2 foizga yetkaziladi

2022-05-11 | Jamiyat

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar hududlarda ichimlik suv ta’minotini yaxshilash hamda ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va uy-joy fondini yangilash, sohada korrupsiyani yo‘qotish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalani muhokama qildilar.

Mazkur masala yuzasidan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov ma’ruza qildi va deputatlarning savollariga javob berdi. 
 
— Mamlakatimizda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, — dedi vazir Sherzod Hidoyatov. — 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham bu borada ustuvor vazifalar belgilangan. Xususan, Dastur asosida respublika aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini qariyb 87 foizga yetkazish bo‘yicha (har bir hudud kesimida) loyiha taklifi ishlab chiqilib, xorijiy moliya institutlarining 26,6 trillion so‘m kredit mablag‘lari, respublika byudjetining 13,4 trillion so‘m mablag‘lari hisobidan jami 3 697 ta inshoot hamda 40,5 ming km ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurilishi rejalashtirilgan.

2022 yilda Investitsiya dasturiga asosan umumiy qiymati 1 020 milliard so‘m bo‘lgan 128 ta ob’ektlar doirasida 2,88 ming km ichimlik va oqova suv tarmoqlari, 150 dona inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilinishi nazarda tutilgan. 
 
Prezidentimizning 2022 yil 18 martdagi “2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, joriy yilda 373 ta ob’ektlarda 3 882,2 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari, 431 ta inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish maqsadida 1 trillion so‘m mablag‘lar ajratilishi rejalashtirildi. 
 
Shuningdek, 2022 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga muvofiq, Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi 18 ta loyiha doirasida joriy yilda 245,2 million dollar qarz mablag‘lari o‘zlashtirilishi belgilangan. Ushbu mablag‘lar hisobidan 2022 yilda 576,2 km ichimlik, 116,6 km oqova suv quvurlari, 2 ta suv tozalash, 29 ta ichimlik suv taqsimlash, 7 ta oqova suv tozalash inshootlari, 3 ta suv minoralari, 42 ta suv rezervlari hamda 22 ta oqova suv nasos stansiyalari qurilishi ko‘zda tutilgan, — dedi Sh.Hidoyatov. 
 
“Hukumat soati”da keltirilganidek, 2022 yilda amalga oshiriladigan ishlar natijasida jami 1,6 milliondan ortiq aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanib, 3,4 million aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi. Eng muhimi, aholining suv bilan ta’minlanganlik darajasi 69,7 foizdan 74,2 foizga yetkaziladi. 
 
Sh.Hidoyatovning ta’kidlashicha, uy-joy fondini yangilash borasida ham salmoqli ishlar qilingan. Masalan, 2017-2021 yillar davomida ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash hududlarda 27 ming 792 ta uy-joylarda jami 1 ming 799 milliard so‘mlik ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Shuningdek, 2022-2025 yillar davomida ko‘p kvartirali uylar va uylarga tutash hududlarda 6 ming 85 ta uy-joylarda jami 734 milliard so‘mlik ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. 
 
Qayd etilganidek, vazirlikda korrupsiyaga qarshi tizim faoliyati sohada korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularni minimum darajaga tushirishga alohida e’tibor qaratilmokda. Xususan, ko‘p kvartirali uylar shirkat a’zolari tomonidan uning umumiy mulkini saqlash uchun yig‘iladigan majburiy badal pullari miqdori va uni sarflashni raqamlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tartibi, mezonlari, ularga ustamalar belgilash uchun erishilishi lozim bo‘lgan reyting ko‘rsatkichlarni belgilash tartibi ishlab chiqildi. 
 
Deputatlar kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z savollariga javoblar oldi. Shuningdek, soha istiqboliga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalarini bildirdi. 


 
Muhtarama Komilova

Manba: O'zA

Поделиться