O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Veon” kompaniyalar guruhi rahbariyatiga O‘zbekistonga sarmoya kiritishni ko‘paytirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish taklif etildi

2022-05-06 | Iqtisodiyot

Bugun, 6 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Veon” kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Serbiyaning sobiq prezidenti Boris Tadich ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda AKT vaziri Sh. Shermatov telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bozorini yanada rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, xususan, mobil aloqa kompaniyalarining samarali faoliyat olib borishlari uchun yurtimizda har tomonlama keng imkoniyatlar yaratib berilganini ta’kidladi.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan Vazirlik oldiga O‘zbekistonni mintaqaviy axborot texnologiyalari markaziga aylantirish, joriy yil oxirigacha IT-mahsulotlar va xizmatlar eksportini 100 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv chog‘ida axborot texnologiyalari va eng yangi mobil texnologiyalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda “Veon” kompaniyalar guruhi ishtirokida uskunalarni modernizatsiya qilish va foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shuningdek, mahalliy yoshlarni ishga joylashtirish orqali BPO (biznes jarayonlari autsorsingi) va KPO (bilim jarayonlari autsorsingi) xizmatlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirilishida “VEON” kompaniyasini bevosita ishtiroki masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться