O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro moliya institutlari ishtirokida innovatsiyalarni joriy qilish va loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

2022-05-12 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida Farg‘ona shahridagi studiyadan videokonferensaloqa orqali innovatsiyalarni joriy qilish hamda xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari qatnashdi.
 
Bir qator sohalarda, xususan, mamlakat iqtisodiyotining “drayveri” hisoblangan geologiya, tog‘ - kon va kimyo sanoatida innovatsiyalarni joriy qilish yo‘nalishida erishilgan natijalar qayd etildi.
 
Shu bilan birga, yig‘ilish davomida yangi ishlanmalarni yaratish va hayotga joriy qilish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, turli sohalardagi amaliy masalalar va vazifalar yechimini topishga mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot muassasalarini jalb qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishni nazarda tutgan holda bir qator tarmoq birlashmalari rahbarlariga innovatsion faoliyatni kengaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
 
Innovatsiyalarni joriy qilish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida ixtisoslashtirilgan muassasalarni malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, “Global Innovation Index” xalqaro reytingidagi mamlakatimiz ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, ilm-fan va ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
 
Sanoat va hududlarni innovatsion jihatdan rivojlantirishning joriy holatini tahlil qilish hamda yuqori texnologiyali innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
 
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy ta'lim muassasalari faoliyatini o‘rganish, innovatsion rivojlanishga mas'ul bo‘lgan davlat organlari rahbarlari hamda ilm-fan va ta'lim muassasalari rahbarlarining ish samaradorligini baholash topshirildi.
 
Vazirlik va idoralar rahbarlariga 2022 -yilda innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritalari”ni tayyorlashni ta'minlash, shuningdek, 2023-yilga mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish dasturlarini shakllantirish va ko‘rib chiqish uchun taqdim etish topshirildi.
 
Mahalliy hokimiyat organlariga innovatsion hududlar sifatida qo‘shimcha tuman (shahar)larni aniqlash hamda 2022-2023 -yillarda ushbu zonalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq dasturlarni shakllantirish yuzasidan takliflarni kiritish topshirildi.
 
Innovatsion rivojlanish vazirligiga, keyinchalik Respublika rahbariyatiga taqdim etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasini 2022-2026- yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlantirish strategiyasi loyihasini tayyorlash topshirildi.
 
Yig‘ilishda xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirishning hozirgi holati ham muhokama qilindi. Joriy yilning yanvar'-fevral' oylarida xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan 105 loyiha uchun 296 million dollar o‘zlashtirilgani, bu rejalashtirilgan parametrlarning 100 foizini tashkil etgani ma'lum qilindi.
 
Shu bilan birga, suv ta'minoti, gidroenergetika, temir yo‘l transporti va sog‘liqni saqlash sohalarida ko‘rib chiqilayotgan bir qator loyihalar uchun loyihaoldi hujjatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarning borishi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Farmasevtika, qishloq xo‘jaligi, sanoat sohalarida loyihalarni hayotga joriy etishning amaliy jihatlari muhokama qilinib, bir qator mas'ul xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.
 
Vazirlik va idoralar kesimida joriy yil oxirigacha ishga tushirilishi lozim bo‘lgan 2,4 milliard dollarlik 29 loyihani amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.
 
Yig‘ilish yakunida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga tegishli loyihalarni o‘z vaqtida hayotga joriy etish va foydalanishga topshirish yuzasidan manzilli topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться