O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona viloyati iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda

2022-05-11 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatining ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishning bugungi holatini o‘rganish hamda uning investitsiyaviy, sanoat va eksport salohiyatidan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun ushbu hududga jo‘nab ketdi.

Safar davomida ishchi guruh a'zolari bir qator ishlab chiqarish ob'ektlarida bo‘lib, texnologik jarayon bilan tanishdi va loyihalar tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqotda tadbirkorlarning hududda faoliyatini kengaytirish, qo‘shimcha investisiyalarni jalb qilish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksportga yetkazib berish istiqbollari muhokama qilindi.
 
Viloyatning iqtisodiy salohiyati qator sohalarda ishga solinmay qolayotgani, shu bois tuman va mahallalar kesimida ustuvor tarmoqlarda sanoatni rivojlantirish uchun mavjud zaxira va imkoniyatlarni o‘rganish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish bo‘yicha ishlarni faollashtirish zarurligi ta'kidlab o‘tildi.
 
Investitsiyalarni jalb qilish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilgan yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutgan holda ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlariga alohida e'tibor qaratildi.
 
Uchrashuvlarda tadbirkorlar ishlab chiqarish faoliyatini olib borish jarayonida duch kelayotgan muammolarni ko‘tarib chiqdilar. Bildirilgan barcha masalalar atroflicha o‘rganildi, ularni hal etish algoritmlari ishlab chiqildi va mas'ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться