O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT vaziri Boysun tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga borib, yoshlarga аxborot texnologiyalari va chet tillarini oʻrganish muhimligini ta’kidladi

2022-05-05 | Jamiyat

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Boysun tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga tashrif buyurdi.

AKT vaziri u yerda ta’lim olayotgan yosh o‘quvchilar bilan uchrashib, ularga аxborot texnologiyalari va chet tillarini oʻrganish muhimligini ta’kidladi.

Shinam xonalarga ega boʻlgan ushbu markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmogʻi bilan taʼminlangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, robototexnika boʻyicha oʻquv kurslari tashkil qilingan.

Shuningdek, bu yerda kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslari tashkil etilgan.

Shu bilan birga, o‘quv markazda Boysun tumanidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘z malakasini oshirish imkoniyati ham mavjud.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться