O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiya

O‘zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo munosabatlariga o‘tadi

04.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

ANQARA, 4-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Qudratov juma kuni Turkiya Respublikasi savdo vazirining o‘rinbosari G.Batur bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

2020-yil IV choragida mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

04.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida joriy yilning to‘rtinchi choragida eksport hajmining jadal o‘sishi uchun mavjud resurslardan foydalanish va qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish orqali eksport prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

“Jeneva savdo haftaligi”ning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo‘lish masalalari bo‘yicha maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi

03.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 30-sentabr kuni videokonferensiya orqali BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va JST kotibiyati tomonidan Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo‘lish bo‘yicha tashkil etilgan “Jeneva savdo haftaligi”ning maxsus sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) amalga oshirish uchun turli mamlakatlarning JSTga a'zo bo‘lishi nuqtai nazaridan xalqaro savdodan foydalanish imkoniyatini muhokama qilish maqsadida o‘tkazildi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi

01.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti vazifasini bajaruvchi Yurgen Rigterink bilan videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan muzokaralarni o‘tkazdi.

Xususiylashtirishga oid qonun loyihalari muhokama qilindi

28.09.2020IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Agentlik, “KPMG” kompaniyasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari ishtirokida “O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonlarining huquqiy va institusional asoslarini mustahkamlash” hamda “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan yakuniy seminar dasturi videokonferensiya orqali o‘tkazildi.

Piskent va Oxangaron tumanlarini kompleks rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi

28.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi va vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi Piskent va Oxangaron tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasining joriy holatini o‘rganish va uni oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun Toshkent viloyatiga yo‘l oldi.

Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi topshiriqlari ijrosining monitoringi o‘tkazildi

27.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 26-27 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi Xorazm viloyatiga borib, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning, shuningdek, eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan viloyatda olib borilgan ishlari yakunida ishlab chiqilgan choralarning amalga oshirilishini o‘rgandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini oshirish bo‘yicha ishlarning borishi o‘rganildi

26.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 22-25-sentabr kunlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligidagi va vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi joylarga chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar va tashabbuslarning hamda joriy yilning sentabr oyi boshida guruhning oldingi safari davomida berilgan topshiriqlar ijrosining monitoringini olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakovning Corriere della Sera (Italiya) gazetasiga bergan intervyusi

23.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Covid va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi O‘zbekiston
 
muallif Farian Sabaxi, 21-sentabr, 2020-yil

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida investisiya, sanoat va eksport faoliyatini kuchaytirish borasidagi ishlarning asosiy yo‘nalishlari belgilandi

22.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 19-20 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida hamda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Andijon va Namangan viloyatlarining investisiya, sanoat va eksport imkoniyatlarini o‘rganish hamda ushbu hududlarning mavjud iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanishga qaratilgan birinchi darajali chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ishlar yakunlarini sarhisob qildi. 

O‘zbekiston va BAA investisiyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda

21.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 20-sentabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Birlashgan Arab Amirliklarining energetika va infratuzilma vaziri Suhayl bin Muhammad al-Mazrui bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Rossiya Federatsiyasi bilan investisiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilindi

18.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 17-sentabr kuni Rossiya delegasiyasining tashrifi chog‘ida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari –  investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari A.Gruzdev, “Rossiya eksport markazi” AJ Bosh direktori V.Nikishina, “Eksport kreditlari va investisiyalarini sug‘urta qilish bo‘yicha Rossiya agentligi” AJ Bosh direktori N.Gusakov, Federatsiya Kengashi Agrar va oziq-ovqat siyosati va tabiatdan foydalanish qo‘mitasi Raisining o‘rinbosari S.Lisovskiy, “KAMAZ” OAJ Bosh direktori S.Kogogin va “Xevel” kompaniyalar guruhining Bosh direktori I.Shaxray bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Rossiya investisiya hamkorligini rivojlantirish istiqbollariga yangicha qarash

17.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 17-sentabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro biznes-markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Rossiya tadbirkorlari va davlat tuzilmalari vakillaridan iborat biznes missiyasining rahbari sifatida O‘zbekistonda bo‘lib turgan “VEB.RF” Davlat taraqqiyoti korporatsiyasi raisi I.Shuvalov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

16.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 15-sentabr kuni Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakovning Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari A.Overchuk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va BAA ko‘p qirrali hamkorlikni davom ettiradi

15.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 14-sentabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulla al-Gergavi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida investisiya, sanoat va eksport faoliyatining o‘sishini rag‘batlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

14.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 12-13-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida hamda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining investisiya, sanoat va eksport imkoniyatlarini o‘rganish hamda hududlarning mavjud iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanishga qaratilgan ustuvor chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ishlar yakunlarini sarhisob qildi.

Samarqand viloyatida investisiya, sanoat va eksport faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi

13.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida hamda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlaridan iborat eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Samarqand viloyatining salohiyatini o‘rganish va hududda sanoat hamda investisiyaviy faoliyatni kuchaytirish uchun qo‘shimcha zahiralarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan ishlar yakunlarini sarhisob qildi.

Toshkent viloyatida issiqlik elektr stansiyasi: Turkiyaning Cengiz Enerji 2022-yilga kelib IES quradi

11.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida Turkiyaning Cengiz Enerji energetika kompaniyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida dolzarb masalalar muhokama qilindi.