O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi topshiriqlari ijrosining monitoringi o‘tkazildi

2020-09-27 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 26-27 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi Xorazm viloyatiga borib, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning, shuningdek, eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan viloyatda olib borilgan ishlari yakunida ishlab chiqilgan choralarning amalga oshirilishini o‘rgandi.

Hisob palatasi tomonidan davlat rahbarining Xorazm viloyatiga tashrifi bayonnomasi bilan tasdiqlangan 336ta topshiriqning inventarizasiyasi o‘tkazildi, natijada belgilangan tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirilgan sanalardan kechiktirish bo‘yicha bir qator holatlar aniqlandi.
 
Mutasaddi rahbarlar tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi, shuningdek, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Davlat rahbarining ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarish bo‘yicha mas'ul shaxslar va muddatlar belgilangan holda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
 
Shuningdek, Hukumat komissiyasining Xorazm viloyatida hududning sanoat va salohiyatini oshirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan ishlari natijasida rejalashtirilgan 111ta amaliy chora-tadbirlar ijrosining tahlili amalga oshirildi.
 
Tadbirkorlar - investisiyaviy loyihalarining tashabbuskorlari, sanoat korxonalari rahbarlari va eksportchilar tomonidan tilga olingan muammoli masalalar alohida ko‘rib chiqildi va ularning amaliy yechimlari ishlab chiqilib, aniq ijrochilar va muddatlar belgilandi.
 
Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosarining Respublikamizning turli viloyatlaridagi tuman va shaharlar hokimlari bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘zaro hamkorlik qilishning yangi mexanizmi orqali Xorazm viloyati tuman hokimlari tomonidan yuborilgan 17ta murojaat ko‘rib chiqildi. Har bir masalani yechish algoritmlari ishlab chiqildi, ijrochilar aniqlandi va muddatlari belgilandi.
 
Ishchi guruh rahbariyati tomonidan tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari mas'ul rahbarlarining harakatlariga tanqidiy baho berildi. Yuzaga kelayotgan masalalarni zudlik bilan hal etish va qo‘yilgan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash doirasida yaqin idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish topshirildi.
 
Tashrif yakunida tegishli vazirlik, idora, ho‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari tadbirkorlarning aniq loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qo‘shimcha ko‘rsatmalar olishdi. Amalga oshirish natijalari bo‘yicha hisobotlar bir hafta muddatda tinglanishi ko‘rsatib o‘tildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться