O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Federatsiyasi bilan investisiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilindi

2020-09-18 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 17-sentabr kuni Rossiya delegasiyasining tashrifi chog‘ida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari –  investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari A.Gruzdev, “Rossiya eksport markazi” AJ Bosh direktori V.Nikishina, “Eksport kreditlari va investisiyalarini sug‘urta qilish bo‘yicha Rossiya agentligi” AJ Bosh direktori N.Gusakov, Federatsiya Kengashi Agrar va oziq-ovqat siyosati va tabiatdan foydalanish qo‘mitasi Raisining o‘rinbosari S.Lisovskiy, “KAMAZ” OAJ Bosh direktori S.Kogogin va “Xevel” kompaniyalar guruhining Bosh direktori I.Shaxray bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Sanoat va savdo vazirligi, “Rossiya eksport markazi” AJ va “Eksport kreditlari va investisiyalarini sug‘urta qilish bo‘yicha Rossiya agentligi” AJ rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida aniq yo‘nalishlar va tashabbuslar doirasida investisiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Shu nuqtai nazardan, sanoat kooperatsiyasini yanada mustahkamlash bo‘yicha salmoqli salohiyat mavjudligi alohida ta'kidlandi - rossiyalik hamkasblarimizga ko‘ra, qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish maqsadida Rossiya va O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining resurslari va quvvatlarini birlashtirish mahsulotlarning ikki mamlakat bozorlarida sotilganda va uchinchi mamlakatlarga eksport qilinganda ham yuqori raqobatbardoshligini ta'minlash imkonini beradi.
 
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi a'zosi S.Lisovskiy bilan O‘zbekiston hududlarida agrologistika klasterlarni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish va bu sohada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Rossiya bozoriga chiqishini osonlashtirish imkonini beradigan Rossiyaning ilg‘or texnologiyalari, ishlanmalari va sifat standartlarini joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
 
“KAMAZ” va “Xevel” kompaniyalari rahbarlari bilan O‘zbekistonda avtomobilsozlik va muqobil energetika tarmoqlarida mahsulotni mahalliylashtirishning yuqori darajasini ta'minlovchi yuqori texnologiyali korxonalarni yaratishga investisiyalar kiritish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investisiya loyihalarini ishlab chiqish markazi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi va Rossiya Federatsiyasi kompaniyalaridan iborat qo‘shma ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, uning vazifasi ushbu sohalarda aniq takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться