O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2020-yil IV choragida mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

2020-10-04 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida joriy yilning to‘rtinchi choragida eksport hajmining jadal o‘sishi uchun mavjud resurslardan foydalanish va qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish orqali eksport prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari, tijorat banklari, shuningdek, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar ijro hokimiyati organlari rahbarlari ishtirok etishdi.
 
Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan amaliy choralar ta'kidlandi - xususan, Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi korxonalarning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun resurslar ajratildi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan esa eksportchilarga kredit mablag‘larini olish uchun kafolatlar berildi.
 
Shuningdek, ko‘rilgan ushbu chora-tadbirlarga qaramasdan, bir qator tarmoq va hududlarda hozirgi vaqtda eksportning kutilayotgan ko‘rsatkichlaridan orqada qolayotgani kuzatilmoqda, shu munosabat bilan tegishli vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari va ijro hokimiyati organlari rahbarlariga joriy yilning 4-choragida eksport hajmlarini 2019-yil ko‘rsatkichlariga nisbatan oshirish vazifasi qo‘yildi.
 
Mas'ul rahbarlarga eksport qiluvchi korxonalarni, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar turini va hajmlarini, uni ishlab chiqarish uchun xom ashyoga hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojni, yechimi uchun chet eldagi diplomatik vakolatxonalarning yordami zarur bo‘lgan muammolar va boshqa masalalarni aniq ko‘rsatgan holda birinchi darajali chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish topshirildi.
 
Shu nuqtai nazardan, hududiy investisiya dasturlari doirasida qo‘shimcha qiymat zanjirlarining shakllantirilishi va eksport salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan loyihalarning amalga oshirilishi ham ko‘rib chiqildi. Eksportga yo‘naltirilgan investisiyaviy loyihalarga ustuvorlik berish zarurligi qayd etildi, shu munosabat bilan 2021-2023 yillarda investisiya dasturlarida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishga yo‘naltirilgan loyihalar ulushini oshirish topshirildi.
 
Shuningdek, eksport tuzilmasini o‘rganish, tashqi bozorlarda eng yuqori talabga ega bo‘lgan tovar turlarini aniqlash va Tashqi ishlar vazirligi hamda Eksportni rag‘batlantirish agentligini jalb qilgan holda ushbu turdagi mahsulotlar eksportini faol ravishda rag‘batlantirish va oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish maqsadida eksportga yo‘naltirilgan investisiya loyihalarini inventarizasiyadan o‘tkazish topshirildi.
 
Eksport qiluvchi korxonalarga oldin to‘langan qo‘shimcha qiymat solig‘i miqdorini qaytarishda yordam berish bo‘yicha manzilli ishlarning ahamiyati qayd etildi: yil boshidan buyon 1300ta eksport qiluvchi korxonalarga QQS qaytarildi. Ushbu yo‘nalishda masalalarni aniqlash va hal qilish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish zarurligi ko‘rsatildi, buning uchun har bir eksport qiluvchi korxonaga Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining hududiy boshqarmalari mas'ul xodimlarini biriktirilishini ta'minlash topshirildi.
 
Yig‘ilish yakunida qo‘yilgan vazifalarni so‘zsiz bajarish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar, joylardagi ijro hokimiyati organlari hamda chet eldagi diplomatik vakolatxonalarning birgalikda ishlashi zarurligi ta'kidlandi.
 
Berilgan ko‘rsatmalarning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan doimiy ravishda amalga oshiriladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться