O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va BAA ko‘p qirrali hamkorlikni davom ettiradi

2020-09-15 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 14-sentabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulla al-Gergavi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya davomida O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish dasturi doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikning borishi muhokama qilindi. O‘zbekiston va BAAning tegishli vazirlik va idoralarining muvofiqlashtirilgan va tizimli ishi natijasida o‘zaro hamkorlikning barcha 22 yo‘nalishlari bo‘yicha erishilgan sezilarli yutuqlar qayd etildi.
 
O‘tgan yilning aprel oyidan boshlab ushbu dastur doirasida 76 tadbir, shu jumladan umumiy davomiyligi 33 994 soatni tashkil etgan O‘zbekiston vazirliklari va idoralari rahbarlari va xodimlari uchun 59 ta ixtisoslashtirilgan treninglar o‘tkazildi. Shu bilan birga, treninglar doirasida o‘qitilgan davlat xizmatchilari soni 2094 kishini tashkil etdi. Joriy yilning oxirigacha yana 71 tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
 
Shu nuqtai nazardan, moliya, savdo, turizm va biznes-inkubatorlarni rivojlantirish sohalarini qamrab olib, ikki tomonlama hamkorlik dasturini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, BAA tomoni 100 ming dollarlik mukofot jamg‘armasiga homiylik qilayotgan eng yaxshi davlat mobil ilovani ishlab chiqish bo‘yicha  “mGovAward” tanlovining final bosqichini o‘tkazish va “Bir million dasturchi” dasturini kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Ushbu dastur “Dubai Future Foundation” BAA jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va uning ishtirokchilarining soni mamlakat bo‘ylab 6 mingdan ziyod kishini tashkil etadi. BAA tomoniga hukumat qaroriga muvofiq respublika maktablari va oliy o‘quv yurtlari ta'lim dasturlariga dasturlash asoslarini o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi ma'lum qilindi.
 
Muzokaralarning kun tartibida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish bilan bog‘liq dolzarb masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
 
Videokonferensiya natijasida tomonlar mavjud kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishga sodiqlik shuningdek, o‘zaro hamkorlik va dolzarb masalalarni tezkor hal etish uchun turli darajadagi ikki tomonlama onlayn muzokaralar amaliyotini yanada faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться