O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi

2020-10-01 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti vazifasini bajaruvchi Yurgen Rigterink bilan videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan muzokaralarni o‘tkazdi.

Yu.Rigterink O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, YeTTBning Respublikadagi iqtisodiy o‘zgarishlar jarayonlarini moliyaviy, investitsiyaviy va maslahat berish orqali qo‘llab-quvvatlashda davom ettirish niyati borligini tasdiqladi.
 
YeTTB rahbarining vazifasini bajaruvchisi Bank Direktorlar Kengashi tomonidan kuz-qish davrida O‘zbekiston energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarning uzluksiz ishlashini ta'minlash maqsadida “Issiqlik elektrostansiyalari” AJ 88,6 mln yevro miqdorida moliyalashtirilishi ma'qullaganligi to‘g‘risida O‘zbekiston tomoniga ma'lum qildi.
 
Shuningdek, YeTTB Masdar (BAA)ning “Navoiy viloyati Karmana tumanida 100 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasini qurish” loyihasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalari amirlik kompaniyasiga 60,0 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratish orqali qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.
 
Videokonferensiya davomida tomonlar energetika, sog‘liqni saqlash va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida O‘zbekistonda davlat xususiy sheriklik shartlariga asoslangan istiqbolli investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.
 
Bankning kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturini kengaytirishga tayyorligi ta'kidlandi, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish va mamlakat aholisi farovonligini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
 
Muzokaralar natijasida tomonlar muhokama etilgan yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться