O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va BAA investisiyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda

2020-09-21 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 20-sentabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Birlashgan Arab Amirliklarining energetika va infratuzilma vaziri Suhayl bin Muhammad al-Mazrui bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik masalalarining keng ko‘lami hamda strategik sheriklikning asosiy yo‘nalishlari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi o‘zaro hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
 
Ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirishda erishilgan muhim yutuqlar ta'kidlandi. Jumladan, ustav kapitali 1 mlrd dollarga teng bo‘lgan O‘zbekiston – BAA qo‘shma investisiya kompaniyasi o‘z operasion faoliyatini boshladi, Talimarjon elektrostansiyasining “Mubadala” kompaniyasi tomonidan xususiylashtirish loyihasi doirasida elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha investisiyaviy bitimini kelishish jarayoni nihoyasiga yetmoqda, Samarqand shahrining infratuzilmasini modernizasiya qilish hamda Samarqand shahrida 4 yulduzli mehmonxona va savdo markazi qurilishini moliyalashtirish uchun Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 300 mln dollar ajratilishi ma'qullandi.
 
“Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda sezilarli yutuqlarga erishildi - 2020 yil yanvar oyida Navoiy viloyatida shamol elektrostansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha asosiy yuridik bitimlar imzolandi. Ushbu mintaqada 100 MVt quvvatiga ega quyosh elektrostansiyasini qurish loyihasi doirasida qurilish ishlariga tayyorgarlik ham yakunlandi. “Masdar” uning qurilishi uchun tenderda 2019 yil oktabr oyida yutib chiqqan edi, va noyabr oyining o‘zida amirlikdagi sheriklar bilan investiyaviy bitim va elektr energiyani sotib olish bo‘yicha bitim imzolandi.
 
Amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarining amaliy jihatlari alohida ko‘rib chiqildi va ularning joriy etilishini tezlashtirish bo‘yicha keyingi harakatlar belgilab olindi.
 
Shuningdek, neft-kimyo, energetika, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, telekommunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash, turizm va moliya sektorlarida yangi investisiyaviy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish orqali investisiyaviy hamkorlikni va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish uchun imkoniyatlar muhokama qilindi.
 
Hamkorlikning eng istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash va aniq loyihalar va tashabbuslarning investitsiyaviy jozibadorligini tahlil qilish uchun tegishli maslahatchilarni jalb qilish maqsadida qo‘shma ishchi guruhni tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Shuningdek, tomonlar ilg‘or Amirliklar tajribasi va texnologiyalarini jalb qilish, shuningdek koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish va aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan qo‘shma choralarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda sog‘liqni saqlash sohasida faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться