O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini oshirish bo‘yicha ishlarning borishi o‘rganildi

2020-09-26 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 22-25-sentabr kunlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligidagi va vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi joylarga chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar va tashabbuslarning hamda joriy yilning sentabr oyi boshida guruhning oldingi safari davomida berilgan topshiriqlar ijrosining monitoringini olib bordi.

Ishchi guruh a'zolari tadbirkorlar bilan bevosita uchrashuvlar orqali amalga oshirilayotgan investisiyaviy loyihalarining holatini o‘rganib, mavjud masalalarni muhokama qilishdi va ularni hal etish bo‘yicha yaratilayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarini ishga tushirishni sezilarli darajada tezlashtirishga imkonini beradigan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqishdi. Qisqa vaqt ichida maksimal iqtisodiy samaraga erishish uchun eng istiqbolli tarmoqlar – iqtisodiy o‘sish nuqtalariga investisiyalarni jalb qilish ustuvorligi ta'kidlandi.
 
Bo‘sh turgan yoki to‘la quvvat bilan ishlamayotgan sanoat korxonalari faoliyatini qayta ishga tushirish hamda ishlab chiqarish va tashqi savdo faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ularni har tomonlama qo‘llab - quvvatlash orqali hududning sanoat va eksport salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi ham tahlil qilindi.
 
Pandemiyaning salbiy oqibatlari tufayli iqtisodiyot oldida turgan dolzarb muammolar sharoitlarida, ayniqsa muhim hisoblangan barqaror daromad olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida parrandachilik, baliqchilik va chorvachilik sohalarida kasanachilikni rivojlantirish orqali sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va mahalliy aholi bandligini oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
 
Iqtisodiy o‘sishning eng muhim nuqtalaridan biri va aholi bandligini ta'minlashning asosiy manbai hisoblangan tadbirkorlikni respublikaning tuman va shaharlarida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda sohada yuzaga kelayotgan muammolarni tezda hal etish mexanizmini joriy etish zarurligi ta'kidlandi.
 
Respublikada ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e'tibor qaratildi - aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan ta'minlash maqsadida mavjud bo‘lgan va yangi tashkil etilayotgan obyektlardan samarali foydalanish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
 
Tashrif natijasida tegishli vazirlik va idoralar mas'ul rahbarlariga respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini, shuningdek, aholi farovonligini yanada oshirishda aniq natijalarga qaratilgan muvofiqlashtirilgan ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться