O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Jeneva savdo haftaligi”ning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo‘lish masalalari bo‘yicha maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi

2020-10-03 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 30-sentabr kuni videokonferensiya orqali BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va JST kotibiyati tomonidan Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo‘lish bo‘yicha tashkil etilgan “Jeneva savdo haftaligi”ning maxsus sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) amalga oshirish uchun turli mamlakatlarning JSTga a'zo bo‘lishi nuqtai nazaridan xalqaro savdodan foydalanish imkoniyatini muhokama qilish maqsadida o‘tkazildi.

Sessiyada shuningdek, BMT YeIK Ijrochi kotibi O.Algaerova, JSTga a'zo bo‘lish bo‘limi direktori M.Oshikava, Bosniya va Gersegovina JSTga a'zo bo‘lish bo‘yicha bosh muzokarachi X.Tinyak, O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari B.Abidov, Jenevadagi Belarus' va Qozog‘iston diplomatik missiyalari rahbarlari, shuningdek, olimlar, ekspertlar va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi.
 
O.Algaerova o‘zining qutlov nutqida BRMlarni amalga oshirish uchun savdo va mintaqaviy hamkorlikning muhimligini va JSTga qo‘shilishning afzalliklarini ta'kidladi. Uning fikriga ko‘ra, JSTga kirish birinchi o‘rinda barqaror qiymat zanjirlarini va savdo shaffofligini yaratishga qaratilgan.
 
JSTga kirish bo‘limi direktori M.Oshikava JST unga a'zo mamlakatlar aholisining farovonligi va iqtisodiy o‘sishini ta'minlashga  yo‘naltirilgan savdo islohotlarini ilgari surishga qaratilgan samarali vositasi bo‘lib, BRMga erishishda muhim rol' o‘ynaydi deb aytdi va sessiya ishtirokchilarining diqqatini BRMning 17 maqsadlaridan 13tasini o‘z ichiga olgan JSTga kirish masalalariga qaratdi. Ushbu masalalarning yechimi turli davlatlarga milliy iqtisodiyotlarni isloh qilish bo‘yicha sa'y-harakatlariga qo‘shimcha turtki beradi.
 
O‘zbekiston tomoni JSTga a'zo bo‘lish jarayoni haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi, xususan, 2017-2021 yillarda Respublikani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar Strategiyasi doirasida tashqi savdo rejimi, valyutani tartibga solish, bojxona va soliq qonunchiligini liberalizasiyalash bo‘yicha ko‘rilayotgan manzilli choralar ta'kidlandi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi uchun eng qulay sharoit yaratadi. Shu nuqtai nazardan, bu jarayon O‘zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga va ko‘p tomonlama savdo tizimiga yanada integratsiyalashuviga qaratilib amalga oshirilayotgan islohotlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
 
Sessiya davomida Bosniya va Gersegovina vakili JSTga a'zo bo‘lish jarayonining hozirgi holati haqida umumiy ma'lumot berdi hamda Qozog‘iston vakili Qozog‘istonning Tashkilotga qo‘shilish tajribasi haqida batafsil ma'lumot berdi.
 
Sessiya yakunida ishtirokchilar mamlakatlarga JSTga a'zo bo‘lishda, jumladan, savdo jarayonlarini osonlashtirish, texnik reglamentlarni, sanitariya va fitosanitariya standartlarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish masalalarida yordam berishga mo‘ljallangan YeIK tashabbuslarini amalga oshirishda yaqin hamkorlik qilishning muhimligini ta'kidladilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться