O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta'lim

Yilning eng yaxshi toʻgarak rahbari aniqlandi

15.11.2018Ta’lim

Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini unumli va oqilona tashkil etish, ularning isteʼdodini kashf qilish, kasblarga boʻlgan qiziqishini shakllantirishda “Barkamol avlod” bolalar markazlarining ahamiyati beqiyos. Bugungi kunda ularda faoliyat koʻrsatayotgan pedagoglar bolalarning qiziqishini toʻgʻri yoʻnaltirish, ularning bilim olishga boʻlgan ishtiyoqini kuchaytirish, isteʼdodini erta aniqlashga faol hissa qoʻshmoqda. 

Nukusda uchta oliy taʼlim muassasasining filiallari tashkil etildi

15.11.2018Ta’lim

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti hamda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali tashkil etildi.

XTV va DELL maktablarda IT-infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar

14.11.2018Ta’lim

Amerikaning DELL kompaniyasining Qozogʻiston va Markaziy Osiyo boʻyicha bosh direktori Nurlan Sadikov boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston xalq taʼlimi vazirligiga tashrif buyurdi.

XTVda maktablarda ingliz tili oʻqitilishini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqildi

13.11.2018Ta’lim

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida xalq taʼlimi tizimida ingliz tili oʻqitilishida islohotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi milliy jamoa aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Jaholatga qarshi maʼrifat

12.11.2018Ta’lim

Joriy yilning 9-noyabr kuni Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazida umumtaʼlim maktablarining 8-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ijodiy ishlar tanlovining respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlashga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashdi

12.11.2018Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.Madjidov 2018-yil 9-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yan xonimni qabul qildi.

Oʻquvchi-yoshlar bilan ishlashga qaratilgan yangi loyiha amalga oshirilmoqda

09.11.2018Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi oʻquvchi-yoshlar bilan ishlashga qaratilgan “Vazirlik va oʻquvchi-yoshlar” yangi tashabbusni amalga oshirishni boshladi.

Eʼlon

07.11.2018Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 sentyabrdagi 736-son “Davlat tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasi va kasb koʻnikmalarini oshirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini xorijiy yetakchi tibbiyot va ilmiy muassasalarga qayta tayyorlash hamda malaka oshirish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va kasb koʻnikmalarini oshirishga yuborish uchun joriy yilning 1 noyabridan 1 dekabrigacha tanlov eʼlon qiladi.

“Innovatsion menejment” oʻquv-trening malaka oshirish kurslari oʻtkazildi

05.11.2018Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan taʼlim jarayoniga innovatsion metodikalarni joriy etish, oʻquv dasturlarini ishlab chiqarish bilan hamohangligini taʼminlash va professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish maqsadida Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida joriy yilning 29-oktyabr–2-noyabr kunlari Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlari uchun “Innovatsion menejment” oʻquv-trening malaka oshirish kurslari oʻtkazildi.

Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish boʻyicha islohotlar natijadorligi tahlil qilindi

02.11.2018Ta’limManba: O'zA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 noyabr kuni xalq taʼlimi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Ijtimoiy hamkorlik faollashmoqda: Hyundai Engineering&Construction bilan bitim imzolandi

01.11.2018Jamiyat

2018-yilning 29-oktabrida Oʻzbekiston Maktabgacha taʼlim vazirligi va Hyundai Engineering&Construction qurilish kompaniyasi oʻrtasida bitim imzolandi. 

Muhammad al-Xorazmiy olimpiadasi yakunlandi

01.11.2018Ta’lim

Oʻzbekistonda ilk marotaba talabalar oʻrtasida matematika boʻyicha oʻtkazilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada yakunlandi. Uch kun davomida jahonning turli davlatlaridan tashrif buyurgan yosh matematiklar Urganchda toʻplanib, oʻzaro kuch sinashdi.

“Talabalar kubogi” turniri boʻlib oʻtmoqda

31.10.2018Jamiyat

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini doirasida “Talabalar kubogi” turniri oʻtkazilmoqda.

Janubiy Koreyaning Adju universiteti Toshkentda filial ochishni rejalashtirmoqda

31.10.2018Ta’lim

“Toshkentdagi Adju universiteti texnik bilimlar va innovatsiya markaziga aylanishiga umid qilamiz va ishonamiz”, – deya taʼkidladi Adju universiteti Xalqaro aloqalar boʻyicha vitse-prezidenti Jay Ik Lim.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada yakunlandi

31.10.2018Ta’lim

Urganch shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi birinchi xalqaro olimpiada oʻtkazildi. Unda mamlakatimiz yosh matematiklari bilan birga 20 dan ortiq mamlakatning 56 oliy taʼlim muassasasi talabalari oʻz bilimini sinovdan oʻtkazdi. 

Xorazmlik maktab oʻquvchilariga 20 mln. soʻmlik badiiy kitoblar taqdim etildi

29.10.2018Jamiyat

Xalq taʼlimi vazirligi va MFond qoʻllab-quvvatlashida “Sharq Ayoli” XAJF tashabbusi bilan Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida xayriya aksiyasi oʻtkazildi. Aksiya doirasida maktab oʻquvchilari uchun umumiy narxi 20 million soʻm boʻlgan 250 dona rus adabiyoti kitoblari taqdim etildi.

Prorektorlar uchun innovatsion menejment saboqlari boshlandi

29.10.2018Innovatsiya

Poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan taʼlim jarayoniga innovatsion metodikalarni joriy etish, oʻquv dasturlarini ishlab chiqarish bilan hamohangligini taʼminlash maqsadida “Innovatsion menejment” oʻquv-seminari boshlandi.

XTV va OPIC taʼlim sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama etdilar

24.10.2018Ta’lim

AQSH hukumatining Xususiy xorij investitsiyalari korporatsiyasining (Overseas Private Investment Corporation, OPIC) xalqaro, hamda kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalash boʻyicha direktori Tara Bleyk Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligiga tashrif buyurdi.