O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nukusda uchta oliy taʼlim muassasasining filiallari tashkil etildi

2018-11-15 | Ta’lim

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti hamda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali tashkil etildi.

Ushbu Filiallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabrdagi qarorlari bilan tashkil etildi.

Filiallarning asosiy vazifasi etib mehnat bozorining ehtiyojiga muvofiq oʻz yoʻnalishida yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash belgilandi.

2019-2020 oʻquv yilida Filiallarga 50 nafardan talab qabul qilinadi. Bunda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialida sakkizta yoʻnalishda, Navoiy davlat konchilik instituti filialiga ikkita va Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filialiga uchta yoʻnalishda mutaxassislar tayyorlanadi.

2020-2021 oʻquv yilidan boshlab esa Filiallarga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Поделиться