O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ijtimoiy hamkorlik faollashmoqda: Hyundai Engineering&Construction bilan bitim imzolandi

2018-11-01 | Jamiyat

2018-yilning 29-oktabrida Oʻzbekiston Maktabgacha taʼlim vazirligi va Hyundai Engineering&Construction qurilish kompaniyasi oʻrtasida bitim imzolandi. 

Hyundai Engineering&Construction taʼlim tashabbuslarini faol qoʻllab-quvvatlagan holda, maktabgacha taʼlim sohasidagi yirik loyihalarni amalga oshirishda koʻmak berib kelmoqda. Imzolangan bitim asosida kompaniya vazirlikka begʻaraz tarzda noutbuklar va LCD monitorlarini topshirdi.

“Biz Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimni rivojlantirishda koreys kompaniyalari qoʻshayotgan hissalarini qadrlaymiz. Mana shu kabi donorlik va xayriya ishlari – MTV uchun sohani isloh qilish jarayonini tezlashtirishga va farzandlarimizni tarbiyalashga kerakli shart-sharoitlar yaratishda sezilarli yordam sifatida qabul qilamiz. Men biznes rahbarlari, avvalom bor, ota-onalardek maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish yoʻnalishida ijtimoiy hamkorlarimiz sifatida namoyon boʻlayotganlari meni juda ham quvontirmoqda ”, - dedi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin.

“Hyundai Engineering&Construction kompaniyasi maktabgacha taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholaydi va qadrlaydi. Bizning xodimlarimiz maktabgacha taʼlim muassasalariga shaxsiy yordam koʻrsatish imkoniyati bilan bir necha marta qiziqib koʻrganlar, va men mazkur masalada aynan davlat idorasiga yordam koʻrsatish nasib etganidan mamnunman. Imzolangan bitimga qoʻra, Hyundai Engineering&Construction kompaniyasi tomonidan koʻrsatilgan xayriya yordami unga ayniqsa koʻproq muhtoj boʻlgan boʻlinmalarga yoʻnaltiriladi ”, - dedi Hyundai Engineering&Construction loyihalar boʻyicha direktori janob Yun.

Hyundai Engineering&Construction kompaniyasidan olingan texnikalar EMIS maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimining yanada tezroq tatbiq etilishini taʼminlaydi. EMIS tizimi har bir bolaning salomatligi holati, vaksinatsiyasi, emotsional va intellektual progressi, alohida ehtiyojlari toʻgʻrisidagi haqqoniy va ishonchli maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.

Поделиться