O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta'lim

Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga

28.09.2018Ta’lim

Taʼzim sizga, mehri daryo ustozlar!

28.09.2018Ta’lim

Oʻqituvchilik sharafli, ayni paytda oʻta masʼuliyatli va murakkab kasb. Yurtimizda mazkur kasb egalariga hurmat va ehtirom koʻrsatish borasidagi misli koʻrilmagan ibratli saʼy-harakatlar pedagoglardan oʻz ishiga yanada sadoqat va fidoyilik bilan yondashishni, keng va zamonaviy tafakkur sohibi boʻlishni talab etmoqda. 

Toshkent davlat texnika universiteti va Yaponiyaning Nagoya universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

30.08.2018Ta’lim

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tashabbusi bilan Oʻzbekistonga 2018 yil 28-31 avgustda Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti boshchiligida Yaponiya delegatsiyasi, shuningdek, Nobel mukofoti laureati, professor R.Noyorining tashrifi davom etmoqda.

Oliy taʻlim – jamiyat taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishi

29.08.2018Ta’lim

Milliy matbuot markazida Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi tomonidan matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda vazirlikning mutasaddi rahbarlari ishtirok etib, oliy taʻlim tizimiga joriy etilgan yangiliklar va sohaga oid bir qator huquqiy-meʻyoriy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida batafsil maʻlumot berdi. 

Singapur oʻqituvchilari kasaba uyushmasi bosh kotibi Mayk Tiruman bilan uchrashuv

28.08.2018Ta’lim

Joriy yilning 25 avgust kuni Xalq taʼlimi vazirligida vazir Sh.Shermatov va Singapur oʻqituvchilari kasaba uyushmasi kotibi hamda “Educare” xalqaro konsalting kompaniyasi raisi Mayk Tiruman oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Koreya Respublikasi o‘qituvchilari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

16.08.2018Ta’lim

Joriy yilning 10-avgust kuni Xalq ta’limi vazirligida Koreya Respublikasining o‘qituvchilar delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrif buyurgan o‘qituvchilar Koreya Respublikasidagi “Yilning eng yaxshi darsi” mahorat tanlovi g‘oliblaridir.

15 nafar davlat idoralari xodimlari magistraturani Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qishadi

15.08.2018Ta’lim

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida imzolangan Grant kelishuviga muvofiq 15 nafar davlat idoralari xodimlari magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishadi.

Inha universiteti ilk bitiruvchilarini mustaqil hayotga kuzatdi

15.08.2018Ta’lim

2018 yilning 14 avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ilk bitiruvchilarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston hukumati hamda Koreya Respublikasidan vakillar ishtirok etdilar.

Xalq ta’limi vazirligi Koreya Respublikasining Ta’lim vazirligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

13.08.2018Ta’lim

Moliya va Xalq ta’limi vazirliklarining idoralararo delegatsiyasi joriy yilning 30-iyulidan 6-avgustiga qadar ishchi tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘lib qaytdi. Delegatsiya tarkibiga kirgan vazirlik va idoralar bo‘linma boshliqlariga Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Atabek Nazirov boshchilik qildi.

Magistraturada yangicha tartibda ta’lim olish yo‘lga qo‘yiladi

13.08.2018Ta’lim

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Koreyalik pedagoglarning mahorat saboqlari

09.08.2018Ta’lim

Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida koreyalik o‘qituvchilar tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

Xalq ta’limi vazirligida “Buyuk kelajak” XNNT hamda KPMG kompaniyasining maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

06.08.2018Ta’lim

Joriy yilning 2-avgust kuni Xalq ta’limi vazirligida “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat-notijorat tashkiloti hamda KPMG kompaniyasining maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Ta’lim salohiyati” yo‘nalishi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli rivojlanish modeli konsepsiyasi”ni ishlab chiqish bo‘yicha asosiy masalalar muhokama qilindi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining to‘rtinchi kunida o‘tish ballari ancha past bo‘ldi

06.08.2018Ta’lim

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Feysbukdagi sahifasida 4 avgust kungi test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali 175,8 ball, Farg‘ona politexnika institutining “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining soni ortmoqda

02.08.2018Jamiyat

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining bir necha qarorlari loyihalari ishlab chiqildi.

Bir kunda 255 nafar abituriyent test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi

02.08.2018Jamiyat

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining birinchi kuni - 1 avgustda o‘tkazildi va to‘liq yakunlandi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zA muxbiriga ma’lum qildi. Test sinovlarida 23 ta oliy ta’lim muassasalarining 154 ta ta’lim yo‘nalishida 58 ming 985 nafar abituriyent ishtirok etdi, turli sabablarga ko‘ra 1393 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida magistratura uchun qabul boshlandi

01.08.2018Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Toshkent davlat agrar universitetiga 2018/2019 o‘quv yili qabuli uchun qo‘shimcha kvotalar ajratildi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro kimyo olimpiadasida g‘alaba qozonishdi

01.08.2018Ta’lim

Shu yilning 19-29 iyul kunlari o‘tkazilgan 50-Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Puchon universiteti: sinalgan yo‘l, aniq maqsad

31.07.2018Jamiyat

Ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsiya sohalarida O‘zbekiston – Janubiy Koreya munosabatlari ijobiy ko‘rinish kasb etgan. Bugun ikki mamlakat hamkorligi turli jabhalarda faol davom etmoqda. Jumladan, oliy ta’lim sohasida qator loyihalar hayotga joriy etilayotir.