O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazmlik maktab oʻquvchilariga 20 mln. soʻmlik badiiy kitoblar taqdim etildi

2018-10-29 | Jamiyat

Xalq taʼlimi vazirligi va MFond qoʻllab-quvvatlashida “Sharq Ayoli” XAJF tashabbusi bilan Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida xayriya aksiyasi oʻtkazildi. Aksiya doirasida maktab oʻquvchilari uchun umumiy narxi 20 million soʻm boʻlgan 250 dona rus adabiyoti kitoblari taqdim etildi.

Ushbu aksiya Oʻzbekiston yoshlari orasida taʼlimni targʻib etish va kitob oʻqish madaniyatini shakllantirish uchun tashkil etildi.

“Oʻzbekiston rahbariyati taʼlim sohasida keng koʻlamdagi islohotlarni boshladi. Bolalarga sarmoya yoʻnaltirish – bugungi kunda biz qilishimiz mumkin boʻlgan eng yaxshi sarmoyadir. Shunday aksiyalar orqali biz farzandlarimizning yaxshi bilim olishlari va professional faoliyatlarida muvaffaqiyatga erishish uchun asos solamiz degan umiddaman”, - deb taʼkidladi “Sharq Ayoli” Fondi boshqaruv raisi Saodat Tursunbayeva.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Taraqqiyot strategiyasi markazi hamda Xorazm maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Mfond haqida batafsil maʼlumot va yangiliklarni kuzatib borish uchun:
Vebsayt: www.mfond.uz
Facebook: mfonduz
Telegram: @mfond_uz
Instagram: @mfond_uz

Поделиться