O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XTV va OPIC taʼlim sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama etdilar
2018-10-24 | Ta’lim
AQSH hukumatining Xususiy xorij investitsiyalari korporatsiyasining (Overseas Private Investment Corporation, OPIC) xalqaro, hamda kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalash boʻyicha direktori Tara Bleyk Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligiga tashrif buyurdi.
Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv davomida Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida taʼlim sohasida hamkorlik oʻrnatish istiqbollari muhokama etildi.
Tomonlar muzokaralar vaqtida OPIC tomonidan Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi tashabbuslarni moliyalash va oʻzaro hamkorlik modellarini muhokama etdilar.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston tomoni AQSH bilan ingliz tilini oʻqitish sifatini oshirish, dars jarayoni ingliz tilida olib boriladigan maktablarni tashkil etish hamda bolalarni oʻqitish metodologiyalarini va tajribasini oʻrganish boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga qiziqish bildirayotganligi taʼkidlandi.