O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta'lim

Yoshlarning istagi ­- ta’lim olish!

31.07.2018Jamiyat

“Yoshlar ­- kelajagimiz”davlat dasturining Toshkent shahri bo‘yicha ishchi guruhi rahbari, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov poytaxtimizning 26 iyun kuni Yunusobod tumani yoshlari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim sohasida hamkorlik kengayadi

31.07.2018Ta’lim

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining ilm-fan masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi La’l Pacha Azmun bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vebster universiteti 2018-2019-o‘quv yillarida O‘zbekistonda o‘zining ta’lim dasturlarini amalga oshirishni boshlaydi

30.07.2018Ta’lim

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil sentyabr oyida Nyu-York shahriga tashrifi yakunlariga ko‘ra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Sent-Luis shahrida (Missuri shtati) Vebster universiteti rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

TATU o‘qitishning kredit tizimiga o‘tdi

27.07.2018Ta’lim

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi

24.07.2018Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son bayoniga muvofiq 2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

AQSHning nufuzli Yel universiteti bitiruvchisi xalq ta’limi tizimidagi islohotlarda ko‘maklashish maqsadida vazirlik jamoasiga qo‘shildi

23.07.2018Jamiyat

Prezidentimiz tomonidan xalq ta’limi tizimida boshlab berilgan tom ma’nodagi keng ko‘lamli islohotlar xalqaro ekspertlarni ham ruhlantirib, ushbu islohotlarni hayotga tatbiq etishda ishtirok etishga undamoqda. Chunki ta’limni rivojlantirish mamlakatning ravnaq topishidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Xalq ta’limi vazirligi Jahon Banki bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

20.07.2018Jamiyat

Joriy yilning 18-iyul kuni Xalq ta’limi vazirligida vazir o‘rinbosari Atabek Nazirov rahbarligida Stefka Slava va Arman Vatyan boshchiligidagi Jahon Banki delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.

Respublika OTMlar reytingi aniqlandi

19.07.2018Ta’lim

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasi hamda QS, ARWU, TIME kabi yirik reyting agentliklari uslublarini o‘rgangan holda ilk marotaba yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari reytingi aniqlandi.

Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish vazifasi qo‘yildi

18.07.2018Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. 

Respublika Oliy ta’lim muassasalari chet el nufuzli ta’lim va ilm markazlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirmoqda

17.07.2018Ta’lim

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Turkiyaning Kastamonu universiteti bilan hamkorlik qiladi.

Markazlashgan mablag‘larni real sektorning o‘rniga aynan ta’limga sarmoya qilish kerak!

13.07.2018Jamiyat

Prezidentimiz tomonidan jamiyatda o‘qituvchilarning obro‘sini oshirish bo‘yicha aniq topshiriq berildi. Hozirda tegishli hujjatlar loyihalari tayyorlanmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi xususiy maktablar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

12.07.2018Ta’lim

Joriy yilning 11-iyul kuni Xalq ta’limi vazirligida xususiy maktablarning mutasaddilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xususiy maktablarni rivojlantirishdagi muammolar muhokama qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi delegatsiyasi Gruziya Respublikasiga tashrif buyurdi

10.07.2018Ta’lim

Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda kasbiy ta’lim” loyihasi doirasida Gruziyaning Tbilisi shahrida joriy yil 26 iyun – 01 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan “Kasbiy ta’limda dual tizimini joriy etish tajribasi” mavzusidagi xalqaro mintaqaviy anjumanda vazirlik delegatsiyasi ishtirok etdi.

Yosh matematiklarimiz tantanali kutib olindi

09.07.2018Jamiyat

Joriy yilning 1-6 iyul kunlari Bolgariya davlatining Burgas shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida xalqaro matematika musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz vakillari musobaqa tarixida ilk bor umumjamoa hisobida yaxshi natijani qayd etdi. 

17 nafar yosh mutaxassis kunchiqar mamlakatda ta’lim oladi

05.07.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan Yaponiya hukumati o‘rtasida “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish” (JDS) loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi.

Ixtisoslashtirilgan AT-maktabga qabul jarayonlari boshlandi

04.07.2018Ta’lim

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018-2019 o‘quv yili uchun 5-sinf o‘quvchilarini qabul qilish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Xalq ta’limi vazirligi pedagoglarning asosiy himoyachisiga aylanadi!

27.06.2018Ta’lim

Bugun Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etildi.

O‘zbekiston OTMlari xalqaro reytingiga kirishga intilishmoqda

27.06.2018Jamiyat

2018 yil 26 iyun kuni “Ilm-fan 2020“ rivojlanish dasturi bo‘yicha Times Higher Education Rossiya mintaqasi va MDH davlatlari yuqori reyting agentligi direktori Yegor Yablokov, Elseviyer kompaniyasi Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori Aliya Ospanova va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Madjidov Inomjon Urishevich bilan birgalikda birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oliy o‘quv yurtlariga qabul davom etmoqda

26.06.2018Ta’lim

Oliy ta’lim muassasalarida 2018/2019 o‘quv yili uchun qabul jarayoni davom etmoqda. Farg‘ona davlat universitetida ham abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Londondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Buyuk Britaniya ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish” mavzusiga bag‘ishlangan videoseminar bo‘lib o‘tdi

26.06.2018Ta’lim

Videoseminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimkulov, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Kris Allan, Xalq ta’lim vaziri o‘rinbosari S.Babaxodjayev, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Sh.Shoraxmetov hamda boshqa vazirlik va idoralar rahbar xodimlari, shuningdek Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari qatnashdi.