O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Talabalar kubogi” turniri boʻlib oʻtmoqda

2018-10-31 | Jamiyat

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini doirasida “Talabalar kubogi” turniri oʻtkazilmoqda.

2018-yil 29-oktabr kuni Samarqand shahrida turnirning ilk mintaqaviy saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlaridan jami 18 ta oliy taʼlim muassasasi jamoalari ishtirok etdi.

Mintaqaviy saralash bosqichida quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:
1-oʻrin - Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti;
2-oʻrin - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti;
3-oʻrin - Samarqand davlat universiteti.

Mintaqaviy saralash bosqichlari 31-oktyabr kuni Buxoro, 2-noyabr - Fargʻona va 4 noyabrda Toshkent shahrida davom etadi.

Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar 16-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan respublika bosqichida ishtirok etadi.

“Talabalar kubogi” turnirining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoa Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtadigan bir haftalik oʻquv-seminarida ishtirok etadi.

Поделиться