O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XTVda maktablarda ingliz tili oʻqitilishini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqildi
2018-11-13 | Ta’lim
Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida xalq taʼlimi tizimida ingliz tili oʻqitilishida islohotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi milliy jamoa aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Yangi milliy jamoat Oʻzbekiston Xalq taʼlim vazirligi tomonidan Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Jamoaning asosiy maqsadi taʼlim tizimida ingliz tilini oʻqitishni va ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun takliflarni tayyorlashdir.
Xalq taʼlimi tizimida ingliz tili oʻqitilishida islohotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi milliy jamoasiga koʻmak berish maqsadida Buyuk Britaniyaning maktablarda ingliz tilini oʻqitish boʻyicha konsultant Vendi Arnold taklif etildi. Xorijlik mutaxassis tadqiqotning birlamchi natijalarini muhokamasiga bagʻishlangan seminarda ishtirok etdi. Seminarda milliy jamoaning faoliyati hamda boshlangʻich va oʻrta maktablar uchun darsliklarni tayyorlash tajribasini oʻrganish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuv davomida, yigʻilish ishtirokchilari milliy jamoa faoliyatining birlamchi natijalari va ularning maktablarda ingliz tilini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflari muhokama etildi.
Taʼkidlab oʻtilganidek, bolalar maktabda taʼlim olish davrida kelajakda munosib kasb egalari boʻlishi uchun ingliz tilini puxta egallashlari lozim.
Uchrashuv davomida xalq taʼlimi tizimida ingliz tili oʻqitilishida islohotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi milliy jamoasining kelajakdagi ish rejalari aniqlab olindi.