O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yurtimizda Buyuk Britaniyaning “Royal” maktabi filiali tashkil etiladi
2019-01-23 | Ta’lim
Toshkent shahar hokimligida Buyuk Britaniyaning MBU Capital va Acumen Education kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish avvalida Buyuk Britaniya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi aloqalar har sohada rivojlanib borayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuvda TEFL akademiyasining onlayn platformasi yordamida oʻqituvchilarni malakaviy oʻqitish hamda Oʻzbekistonda Buyuk Britaniyaning “Royal” maktabi filialini ochish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralarga koʻra, istiqbolda poytaxtda 3 ta, viloyatlarda 12 ta xususiy maktablar tarmogʻini tashkil etish koʻzda tutilmoqda.
Uchrashuv yakunida, Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Britaniya ishbilarmon doiralar vakillari oʻrtasida hamkorlik haqida kelishib olindi.