O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Endi masofaviy malaka oshirish tizimidan keng foydalaniladi
2019-02-01 | Ta’lim
Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda xalq taʼlimi tizimidagi 1000 nafar rahbar va mutaxassis xodimlarning masofadan malakasini oshirish boʻyicha 2019-yil rejasi tasdiqlangan boʻlib, mazkur reja boʻyicha yanvar-aprel oylarida umumiy oʻrta taʼlim, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablari rahbar kadrlari zaxirasi boʻyicha 300 nafar tinglovchilarni masofadan malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Joriy yilning 28-yanvar kuni guruh mashgʻulotlari boshlandi. Masofadan malaka oshirish menejerlik kursining tinglovchilari uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 3 ta blok 15 ta modul boʻyicha dars mashgʻulotlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, 10 haftalik masofaviy taʼlimdan soʻng institutda yakuniy mashgʻulotlar va yakuniy nazorat sinovlari oʻtkazilib, muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga sertifikat taqdim etiladi.
Taʼkidlash joizki, hozirgi kunda mutaxassislar malaka oshirishda masofaviy taʼlim tizimidan tobora kengroq foydalanib kelmoqda. Bu imkoniyatning afzalligi masofa va vaqt talab etmasligi, tinglovchining ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻz xohishiga muvofiq amalga oshirishi bilan belgilanadi.
Endilikda masofadan oʻqitish taʼlim tizimidagi rahbar va mutaxassis xodimlarning bilimini, mahoratini va koʻnikmasini rivojlantirish vazifasini amalga oshiruvchi malaka oshirish mexanizmi sifatida keng qoʻllaniladi.