O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Xitoydagi Nankin politexnika institutining filiali ochiladi

2019-02-01 | Ta’lim

Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasida oliy taʼlim sohasida aloqalar oʻrnatish va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Xitoydagi Nankin politexnika institutining delegatsiyasi vitse-prezident Chjan Syaojun boshchiligida Toshkentga keldi.

Toshkent shahrida Nankin politexnika institutining filialini ochish xususida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish Respublika markazi bilan muzokaralar oʻtkazdi.
 
Unda Nankin politexnika instituti bilan qoʻshma dastur, qoʻshma fakultet hamda toʻlaqonli filial tashkil etish boʻyicha ishlarni boshlash yuzasidan kelishib olindi. Nankin politexnika instituti Oʻzbekistondagi filialida darslarni ingliz va xitoy tilida oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
 
Shuningdek, Oʻzbekistonda oʻqiydigan talabalarni Nankin politexnika institutiga oʻqishga yuborish, 2+2, 1+3, 3+1 formatida talabalar oʻqishini tashkil etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.
 
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalarini Nankin politexnika institutida menejment, raqamli biznes, elektron tijorat yoʻnalishlarida oʻqitishga, “Oʻzstandart” agentligi kimyo texnologiyalari sohasida oʻz xodimlarining malakasini oshirishga qiziqish bildirdi.
 
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish Respublika markazi bilan hamkorlikda “Ishga marhamat” mono markazida vaqtincha ishsiz fuqarolarni 3 va 6 oylik kasbiy taʼlimga yoʻnaltirish maqsadida mazkur institut yordamida oʻzbek-xitoy markazi tashkil etish ham moʻljallanmoqda. Ushbu markazni “Bir belbogʻ-bir yoʻl” loyihasi asosida moliyaviy qoʻllab- quvvatlash imkoniyati oʻrganilmoqda. Toshkent Arxitektura-qurilish kasb-hunar kolleji negizida 2+2, 3+1 formatida Oʻzbekistonda malakali kadrlar oʻqitish boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi.
 
Qayd etish joizki, Nankin politexnika instituti 1958 yilda tashkil etilgan boʻlib, Jiangsu provinsiyasining poytaxti Nankin shahrida joylashgan. Unda 10 mingdan ziyod talaba 40 dan ziyod mutaxassislik boʻyicha tahsil oladi. 500 dan ziyod xorijiy talaba tahsil olayotgan boʻlsa, shundan 33 nafari oʻzbek yigitlari.
 
Institut qoshida 12 ta kollej mavjud. Institut dunyodagi 17 ta mamlakat va 40 dan ortiq kollejlar va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.
 

Sayyora Shoyeva, OʻzA

Поделиться