O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiyaning Nijegorod shahrida Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va madaniyati markazini tashkil etish taklifi berildi

2019-01-23 | Jamiyat

Xoʻsh, bu taklif qanday qabul qilindi?

2018 yilning 18-19 oktabr kunlari poytaxtimizda Oʻzbekiston va Rossiya yetakchi oliygohlari tashabbusi bilan Oʻzbekiston – Rossiya taʼlim forumi oʻtkazilgan edi.
 
Mazkur forum doirasida Rossiyaning Nijegorod davlat lingvistika universiteti (NDLU) va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolangan edi. Kuni kecha NDLU rektori Boris Jigalov hamda kasbga yoʻnaltirish markazi rahbari, siyosatshunoslik fanlari nomzodi Svetlana Kolobova universitetga tashrif buyurdi.
 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov oʻzaro hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish, amaliy ishlar salmogʻini yanada oshirish va kelgusi oʻquv yilidan boshlab turizm, tarjima, xalq diplomatiyasi, sotsiologiya sohalari boʻyicha magistratura va bakalavriatura yoʻnalishlarini tashkil etish boʻyicha aniq takliflar bildirdi. Qolaversa, Nijegorod shahrida Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va madaniyati markazini tashkil etish taklifi mehmonlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Yosh va iqtidorli kadrlar NDLU aspiranturasida oʻqishi uchun imkon yaratish va ularni qoʻllab-quvvatlash masalasi ham ijobiy hal etildi.
 
Oliy taʼlim tizimidagi xalqaro hamkorlik kelgusida bilimli, yuksak salohiyatli, oʻz kasbining ustasi boʻlgan kadrlarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etishi tarafdorimiz. Zero, universitet rektori taklif etgan turizm, tarjima, xalq diplomatiyasi, sotsiologiya sohalarida mamlakatimizning malakali kadrlarga ehtiyoji bor.
 

B.Meliqulova, OʻzA

Поделиться