O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktab formasi maxsus savdo shahobchalarida sotiladi

2019-01-25 | Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati toʻgʻrisida videokonferensiya tarzida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Videoselektorda vazirlikning boshqarma va boʻlim boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, shuningdek, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmasi boshliqlari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi rahbarlari, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va maktabdan tashqari taʼlim boʻlimi boshliqlari hamda masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Dilshod Kenjayev Vazirlar Mahkamasining yuqorida keltirilgan qarorida belgilangan vazifalar va hududlardagi holat boʻyicha batafsil toʻxtaldi.

Majlis davomida 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida zamonaviy yagona maktab formasi joriy etilayotgani munosabati bilan taʼlim muassasalari, joylardagi xalq taʼlimi boʻlimlari va boshqarmalari rahbarlari maktab formalarini vaqtida ishlab chiqarishni tashkil etish uchun oʻquvchilar soni boʻyicha maʼlumotlarni oʻz vaqtida shakllantirishi lozimligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, vazir oʻrinbosari tomonidan maktab direktorlarining maktab formasi xaridi bilan bogʻliq masalalarga aralashishi qatʼiyan taqiqlanganligi takror va takror aytilishiga qaramasdan ayrim maktab direktorlari ota-onalarga qaysi ishlab chiqaruvchining maktab formasini sotib olishlari kerakligini “tavsiya” qilib kelayotgani tanqid ostiga olindi. Taʼlim muassasasi xodimlari ushbu jarayonlarga aralashmasligi haqida ogohlantirildi.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666-sonli qarorigakoʻra, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar roʻyxatini hududlar boʻyicha shakllantirishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda respublikaning har bir tuman (shahar) markazining aholiga qulay joylarida maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shahobchalarini tashkil etishlari, savdo shahobchalarining joylashish manzillarini ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinishi belgilangan.

Yigʻilish yakunida qarorda koʻrsatib oʻtilgan vazifalar bilan birgalikda maktablarda tashkil etiladigan ota-onalar majlislarida taʼlim muassasalariga maktab formasining afzalliklari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini doimiy ravishda olib borish, maktab direktorlari yoki sinf rahbarlari tomonidan yagona maktab formasini sotib olish jarayoniga aralashuvini qatʼiyan cheklash boʻyicha choralar koʻrish kabi qator vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, mazkur yigʻilishda 2018 yil davomida hududlarda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar ham atroflicha muhokama etilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

Поделиться