O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirlik delegatsiyasining Hindistonga tashrifi yuzasidan

2019-01-23 | Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahrida Amiti universitetini ochish toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. Umarov boshchiligida Vazirlik delegatsiyasining Hindistonga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrifning asosiy maqsadi Amiti universitetining Noida (Hindiston) shahrida joylashgan amaldagi kampusi bilan yaqindan tanishish va hamkorlikdagi “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlashdan iborat. Ushbu “Yoʻl xaritasi”da Toshkent shahrida Amiti universitetini ochish boʻyicha harakatlar qadamma-qadam aks ettirilgan. Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sunʼiy intellekt (idrok) va menejment sohasida mutaxassislar tayyorlaydi.

Hindiston tomoni Oʻzbekiston Respublikasi bilan kelgusida ham samarali hamkorlik qilish boʻyicha qatʼiy nuqtai nazarini bildirdi.

Ushbu universitetda oʻquv jarayoni joriy yilning sentyabr oyidan boshlanadi.

Поделиться