O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston delegatsiyasi Londondagi Jahon taʼlim forumida ishtirok etmoqda

2019-01-23 | Ta’lim

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga koʻra Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Londonda (Buyuk Britaniya) boʻlib oʻtayotgan taʼlim boʻyicha Jahon forumida ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 21-yanvarida oʻz faoliyatini boshlagan mazkur forumda 95 mamlakatning rasmiy vakillari ishtirok etmoqda. Forum ishtirokchilari tomonidan uch kun davomida taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha yuzaga kelayotgan savol va muammolar muhokama etiladi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaga tashrifi chogʻida taʼlim sohasidagi davlat organlari va kompaniyalar vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, M&C Saatchi, Britaniya Kengashi, Cambridge Assessment International Education, Taʼlim departamentining maktab standartlari boʻyicha davlat vaziri, Buyuk Britaniya Parlamentining aʼzosi Nik Gibb va boshqa tashkilotlar vakillari bilan muzokaralar olib boriladi.

Shu bilan birga Britaniyadagi taʼlim muassasalariga tashrif buyurish hamda Britaniya Kengashining “Taʼlim siyosati boʻyicha muloqot: yoshlarimiz kelajakka qanday tayyorgarlik koʻrayapti“ mavzusidagi dasturda ishtirok etish rejaga kiritilgan.

Поделиться