O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga doir uchrashuvlar boʻlib oʻtdi

2019-01-25 | Ta’lim

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida 2019-yil 24-yanvar kuni boʻlib oʻtgan qator uchrashuvlarda turli davlatlar delegatsiyalari bilan taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Acumen Education (Buyuk Britaniya) kompaniyasi ijrochi direktori Mark Labovich rahbarligidagi delegatsiya aʼzolari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda Britaniya bilan oliy taʼlim sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yetakchilik qobiliyatlariga ega boʻlgan, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yetuk mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek Laʼl Baxodurxon Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori professor Chander Shekxar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda davlatlar oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari boʻyicha muzokaralar olib borildi. Uchrashuv davomida professor Chander Shekxar Hindiston oliy taʼlim muassasalariga oʻzbekistonlik yoshlarni qabul qilish jarayoni boshlanganini maʼlum qildi.

Koreya Respublikasining Shinxan universiteti hamshiralar kolleji dekani Yang Singi, bioekologik salomatlik kolleji dekani Kim Yangsung bilan boʻlgan uchrashuvda tibbiy taʼlim, yaʼni hamshiralar tayyorlash va ularni ish bilan taʼminlash borasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Поделиться