O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eng yaxshi maktablar reytingini aniqlash masalasi muhokama etildi

2019-01-31 | Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2018-yilning 29-dekabrida imzolangan “Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 30-yanvar kuni Xalq taʼlimi vazirligi binosida videoselektor yigʻilishi tashkil etildi.

“Umumtaʼlim muassasalari reytingini aniqlashni samarali tashkil etish hamda PISA xalqaro tadqiqotlarida Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik koʻrish” mavzusida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishining Respublika studiyasida Xalq taʼlimi vazirligi hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyati boshqarma va boʻlim boshliqlari ishtirok etdi. Yigʻilishni viloyat studiyalarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarma boshliqlari, tuman (shahar xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari), taʼlim sifati monitoringi xizmati xodimlari, xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga masʼul boʻlgan xodimlar hamda mazkur tadqiqotlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan tayanch maktablarining rahbarlari kuzatdi.

Alohida taʼkidlash joizki, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taʼlim sifat va samaradorligini oshirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, videoselektor yigʻilishida joriy yilda ilk bora oʻtkazilayotgan umumtaʼlim muassasalarining reytingini aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalarni oʻtkazish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, xalqaro tadqiqotlarni samarali tashkil etish boʻyicha taklif va mulohazalar tinglandi.

Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish jarayonida ishchi guruhlar tomonidan har yili mart va may oylarida umumtaʼlim muassasalari 9-sinf oʻquvchilarining bilim darajasini aniqlash maqsadida yozma ish yoki test sinovlaridan iborat nazorat ishlari oʻtkazilishi qayd etildi. Jumladan, 9-sinf oʻquvchilari ona tilidan diktant, matematikadan bitta masala va toʻrtta misol yechishi belgilandi.

Videoselektor doirasida oʻquvchilarning taʼlimiy yutuqlarini baholash boʻyicha PISA xalqaro dasturi dunyoning barcha davlatlaridagi oʻquvchilarning savodxonligini baholash va ushbu bilimlarini amaliyotda qoʻllashni bilish darajasini baholovchi test ekanligi alohida taʼkidlandi. Bu testlar 3 yilda bir marotaba oʻtkazilib, unda 15 yoshli oʻsmirlar qatnashadi.

Hozirgi kunda milliy tizimni rivojlantirish hamda innovatsion potensialini takomillashtirish mamlakatning iqtisodiy oʻsishning eng muhim omillari hisoblanmoqda. Mazkur omillarni tadqiq etish muammolari dunyoning koʻplab davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun dolzarbdir. Shu boisdan ham innovatsion rivojlanishning darajasini tezkor va ishonchli tahlil qilishga moʻljallangan baholash tizimi mavjudligi katta ahamiyatga ega.Bunday baholash tizimlari sifatida obroʻli xalqaro tashkilotlari tomonidan yaratilgan xalqaro reyting tizimlari qoʻllanilmoqda. Ahamiyatlisi, endilikda umumtaʼlim muassasalari reytingini aniqlashni samarali tashkil etishda hamda PISA xalqaro tadqiqotlari yurtimiz taʼlim muassasalarida ham qoʻllaniladi.

Videoselektorda PISA xalqaro tadqiqotlari mamlakatimizda 2021 yildan boshlab tatbiq etilishi aytilib oʻtdi va ushbu jarayonga xalq taʼlimi tizimi va boshqa tegishli tashkilotlar puxta tayyorgarlik qoʻrishlari kerakligi taʼkidlandi va tegishli topshiriqlar berildi.

Поделиться