O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yosh olimlarga grant ajratildi

2019-01-29 | Fan

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi gʻoliblari aniqlandi.

Tanlov yakunlariga koʻra aniq, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar yoʻnalishida toʻqqiz nafar yosh olimga oʻz loyihasini amaliyotga birlamchi tatbiq etishi uchun 5 million soʻmdan berildi.

Yosh olimlarning ushbu loyihalari oʻzini oqlasa va uni Oʻzbekiston sharoitida amaliyotga tatbiq etish mumkin boʻlsa, ularga yana qoʻshimcha 5 million soʻmdan mablagʻ ajratiladi.

Maʼlumot uchun, “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovida bakalavriat, magistratura, doktoranturada tahsil olayotgan, shuningdek, mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 18-35 yoshdagi yoshlar oʻzining ilgʻor loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Поделиться