O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekistonda innovatsion va tadbirkorlik salohiyatining rivojlanishi
2019-01-28 | Innovatsiya
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruv Akademiyasi hamda Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Lester Universiteti (Buyuk Britaniya) professori Stiv Konvey ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Joriy yilning 21-25-yanvar kunlari Davlat Boshqaruv Akademiyasida “Oʻzbekistonda innovatsion va tadbirkorlik salohiyatining rivojlanishi” mavzusida oʻtkazilgan seminar-treninglarda oliy taʼlim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlari ishtirok etishdi.
Seminarda ishtirokida innovatsiya turlari, innovatsiya sohasida “klaster”, “tarmoq” konsepsiyalarining oʻrni, ishlab chiqarish va taʼlim tizimi oʻrtasidagi innovatsiyaviy aloqani rivojlantirish kabi koʻplab mavzular muhokamasi boʻlib oʻtdi.