O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ahil oila ­­- baxtli maktab

2019-01-30 | Jamiyat

Joriy yilning 29-yanvar kuni “GrandMirHotel” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Birlashgan millatlar tashkilotining giyohvandlik va jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha Oʻrta Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda oilada yashash koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yangi “Ahil oila ­­- Baxtli maktab” dasturi boʻyicha oʻquv-trening tashkil etildi. 

Unda UNODC vakili doktor Vadix Maaluf va Buyuk Britaniyaning Manchester universiteti fan doktori Aala El-Xan taklif etildi va ular tomonidan darslar tashkil etiladi. Trening davomida Xalq taʼlimi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan maktab psixologlari, yoshlar yetakchilari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari va pedagoglar (jami 25 nafar mutaxassislar) oʻqitildi. Keyinchalik bu trening dasturi Toshkent shahrining 2 ta tayanch maktabida sinovdan oʻtkazish rejalashtirilgan.

Taʼkidlash kerakki, “Mustahkam oila” dasturi Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Baxtli maktab” nomli yangi milliy loyihaning oilada yashash koʻnikmalarini rivojlantiruvchi muhim komponentlaridan biri hisoblanadi.

“Ahil oila ­­- Baxtli maktab” dasturi universal dastur boʻlib, 8-15 yoshdagi farzandlari bor oilalarga moʻljallangan. Dasturning maqsadi ­– ota-onalarda farzand tarbiyasi boʻyicha koʻnikma hosil qilish va rivojlantirish, bolalarning psixik salomatligini mustahkamlash hamda oilalarning farovonligini yaxshilashga qaratilgan. Keng omma uchun moʻljallangan mazkur dastur Birlashgan millatlar tashkilotining giyohvandlik va jinoyatchilikni oldini boshqarmasi tomonidan yaratilgan. Shuningdek, chekka hududlardagi uzoq qishloq joylardagi oʻquvchilar va ularning oilalari bilan oʻtkazish uchun juda qulay. Dastur Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash, Oliy va oʻrta-maxsus vazirliklari hamda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi mutaxassislarini jalb etilgan holda milliy-madaniy jihatdan moslashtirilib tayyorlangan.

Dasturning asosiy yoʻnalishlari - bolalar va ularning ota-onalari oʻrtasida xavfsiz, barqaror hamda gʻamxoʻrlikka asoslangan munosabatlarni shakllantirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda bolalarda salbiy ijtimoiy-tibbiy omillar - zoʻravonlik,jinoyatchilik, oʻquv motivatsiyasining pasayishi kabi holatlarning paydo boʻlishining oldini olishga qaratilgan. Bundan tashqari, dastur bolalarning psixik va jismoniy sogʻligʻini mustahkamlashga yordam beradi hamda psixoaktiv moddalarni birlamchi profilaktikasi boʻlib xizmat qiladi.

Mazkur trening joriy yilning 30-yanvariga qadar davom etadi.

“Ahil oila ­­- Baxtli maktab” dasturining yoʻlga qoʻyilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvandlik va jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha Oʻrta Osiyodagi vakolatxonasi hamda Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligining navbatdagi bosqichidir. Bu hamkorlik 5 yildan ortiq vaqtdan beri davom etib kelmoqda. Hamkorlik doirasida oilada yashash koʻnikmalarini rivojlantiruvchi 2 ta dastur tajriba-sinovdan oʻtkazilgan va amalga oshirilgan. Har ikkala dastur oʻzining samaradorligini isbotladi. Bular­-5-10 yoshli bolalar va ularning ota-onalariga moʻljallangan “Oila va maktab – birgalikda” nomli hamda10-14 yoshli bolalar va ularning ota-onalari uchun “Mustahkam oila” dasturlaridir. Mazkur dasturlar 2013 yildan buyon yurtimizning barcha maktablarida amalga oshirilgan boʻlib, ularda 5000 dan ortiq oilalar va 900 ga yaqin mutaxassislar ishtirok etgan.

Поделиться