O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar mutolaasi uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha soʻrovnoma
2019-04-03 | Ta’lim
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizdagi maktablarga kitoblar sovgʻa qilish aksiyasi davom etmoqda.
Xalq taʼlimi vazirligi mazkur aksiya doirasida yoshlar oʻqishi uchun tavsiya etiladigan 100 nomdagi kitoblar roʻyxatini shakllantirishni rejalashtirmoqda.
Ayni paytda vazirlik tomonidan badiiy adabiyotlar roʻyxati loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur roʻyxatga 116 nomdagi kitoblar kiritildi.
Xalq taʼlimi vazirligi keng ommani yoshlar oʻqishi uchun tavsiya etiladigan 100 nomdagi kitoblar roʻyxatini shakllantirishda ishtirok etishga chaqiradi. Quyidagi havola (https://bit.ly/2WLdLod) orqali kitoblarga ovoz berishingiz yoki roʻyxatga kiritilmagan kitobni tavsiya etishingiz mumkin.
Xalq taʼlimi vazirligi barchangizni ovoz berish jarayonida faol ishtirok etishga chorlaydi.