O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq taʼlimi vaziri Qorakoʻl tumanidagi maktab-internatiga tashrif buyurdi
2019-04-01 | Ta’lim
Joriy yilning 28-mart kuni Xalq taʼlimi vaziri Sh.Shermatov Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumanidagi 1-IDUMIga tashrif buyurdi. Tashrif davomida vazir taʼlim maskanidagi oʻquvchi va oʻqituvchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Xalq taʼlimi vaziri oʻquvchilar tomonidan jahon maydonlarida qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarni alohida eʼtirof etdi. Ushbu yutuqlar bardavom boʻlishini tilab, maktab jamoasiga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Soʻngra Prezidentimiz tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan aksiya doirasida maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qildi.
Samimiy uchrashuvdan soʻng xalqaro miqyosda oʻtkazilgan olimpiada gʻoliblari hamda joriy yilda ”Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan 9-sinf oʻquvchisi Sevara Ostonovaga esdalik sovgʻalari topshirildi.