Toshkent davlat agar universitetida “Qr-book” tizimida ishlovchi elektron kitob javoni stendlari joriy etildi.
Ushbu tizim orqali talabalar zarur kitoblarini qidirish uchun vaqt sarflamaydi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan tavsiya etilgan o‘quv qo‘llanma va darsliklardan foydalanish uchun o‘z smartfoni orqali kitoblarni elektron nusxasini “QR-kod” orqali yuklab olib foydalanishlari mumkin.
Mazkur loyihani Toshkent davlat agrar universitetining talabalari Saidali Abrorov va uning jamoadoshlari Diyor Hamidov, Abror Yo‘ldoshevlar yaratdi. Ular innovatsion texnologiyalar asosida mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash fakultetining birinchi bosqichida tahsil olishmoqda.
Hozirda universitet hududida, ya’ni o‘rindiqlar, dam olish maskanlarida oltita “Qr-book” tizimida ishlovchi kitob mutolaa qilish joyi tashkil etilmoqda. Ulardan birinchisi ya’ni 120 kitobni o‘z ichiga olgan “QR-kod” bilan ishlovchi kitoblar javoni meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti o‘quv binosiga o‘rnatildi.
Sayyora Shoeva, O‘zA