O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MGIMO delegatsiyasi bilan uchrashuv
2019-04-03 | Ta’lim
2019-yilning 3-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvaxitov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) prorektori Artyom Maligin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda MGIMO bitiruvchilarining V Forumida 17-19-may kunlari Toshkent shahrida tashkil etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Tadbirda institutning sobiq talabalari – turli mamlakatlardan davlat tashkilotlari, biznes, fan va madaniyat vakillari ishtirok etadi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekistonda kelgusi oʻquv yilidan magistratura va bakalavr dasturlari boʻyicha taʼlim olib boriladigan MGIMO filialining toʻliq faoliyatini boshlashga tayyorgarlik jarayoni koʻrib chiqildi.