O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Barchaga sifatli taʼlim” loyihasidan qanday natijalar kutilmoqda
2019-04-01 | Ta’lim
Joriy yilning 28-mart kuni Vazirlar mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi hamda UNICEF ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan “Barchaga sifatli taʼlim” loyihasini amalga oshirish uchun rasmiy kelishuv imzolandi. Ushbu loyiha 2 yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi taʼlimni toʻgʻri yoʻnaltirishga toʻsiq boʻlayotgan koʻplab salbiy omillarni bartaraf etishga qaratilgan.
Mazkur loyiha doirasida UNICEF Oʻzbekiston hukumatiga quyidagi yoʻnalishlarda amaliy koʻmak beradi:
2019 -2020-yillar oraligʻida amal qilishi rejalashtirilgan ushbu loyihaning ustuvor vazifalari sifatida esa quyidagilar qayd qilingan:
Yuqorida keltirilgan maqsadlar yuzasidan quyidagi chora-tadbirlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan:
Mazkur rejalashtirilgan istiqbolli maqsadlarning natijasi sifatida loyiha yakunida quyidagilar kutiladi:
Barcha uchun umr davomida taʼlim olishda uzluksiz sifatli taʼlim olish va oʻqitish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Noqulay iqlim sharoitidagi hududlarda tabiiy resurslarni boshqarish orqali iqlim oʻzgarishlari va tabiiy ofatlarga chidamli oʻquv muhitlari shakllantiriladi.
Shuningdek, hukumat darajasida har bir bola uchun inklyuziv va sifatli umumiy oʻrta taʼlim tizimi dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida maxsus vosita hamda malakalarning qoʻllanilishiga alohida urgʻu beriladi.
Maʼlumot oʻrnida ushbu loyihada keltirilgan vazifalarni samarali amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat Statistika qoʻmitasi kabi vazirlik va idoralar bilan ham yaqindan hamkorlik qilinishi haqida xabar berilmoqda.