O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida akademik mobillik yoʻlga qoʻyildi

2019-04-03 | Ta’lim

Xalqaro reytinglarga kirishning oʻziga xos shartlaridan biri xorijdagi nufuzli OTMlar bilan akadem mobillik tizimini yoʻlga qoʻyishdir. Akadem mobillik mamlakatlararo talabalar almashinuvi dasturi boʻlib, bunda bir nechta iqtidorli talabalar universitetning xorijdagi hamkor OTMlariga malaka oshirish va bir muddat taʼlim olish uchun yuboriladi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻzining Rossiyadagi hamkori Nijniy Novgorod davlat lingvistika universitetiga 10 nafar iqtidorli talaba va 3 nafar professor-oʻqituvchini yubordi.

Ular belgilangan muddat davomida NDLUda dars mashgʻulotlari olib boradilar, ular uchun maxsus tuzilgan dasturda belgilangan shaharning muhim tarixiy, ilmiy va koʻngilochar maskanlariga tashrif buyurib, rus va ingliz tillaridan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar va albatta, Oʻzbekiston kunlarini oʻtkazadilar.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti kelgusi oʻquv yilida Mavlono dasturi boʻyicha akadem mobillik tizimida Turkiyaning nufuzli OTMlariga 150 nafar talabani yuborishni rejalashtirmoqda.

Поделиться