O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kogonda “Raqamli texnologiyalar markazi” ochildi

2019-04-01 | Texnologiyalar

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ilgʻor xalqaro tajribalar asosida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil etishni davom ettirmoqda.

Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul oʻrgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik bilan shugʻullanish boʻyicha innovatsion koʻnikmalar beriladi, “startap” loyihalarga yordam koʻrsatiladi.

Prezident tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus asosida vazirlik tomonidan respublikamizning barcha tuman va shaharlarida shunday markazlar tashkil etish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqilgan.

Navbatdagi “Raqamli texnologiyalar markazi” 31-mart kuni Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi pochta aloqasi tarmogʻi binosida ochildi. Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi.

Markaz qisqa muddatda zamonaviy kompyuterlar va zarur jihozlar bilan taʼminlanib, endilikda unda tuman yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat yoʻnalishlarda bilim va koʻnikmalar beriladi.

Shuningdek, ochilish marosimida Kogon shahar hokimi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Поделиться