O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nemis tili darsliklari muhokamada

2019-04-02 | Ta’lim

Mamlakatimizda Prezident Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, shuningdek, xalq taʼlimi tizimida islohotlarni yanada jadallashtirish, taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan ”Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda.

Xususan, 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab pilot loyihasi sifatida 1-11-sinflar uchun chet tillari fanlaridan ilgʻor xorijiy darsliklarni taʼlim jarayoniga joriy etish maqsadida xorijiy adabiyotlar tahlilini oʻtkazish rejalashtirilgan. Shu maqsadda Germaniyaning xorijdagi maktablar markaziy boshqarmasi (ZFA) bilan hamkorlikda Respublika taʼlim markazida Germaniyaning Klett nashriyoti tomonidan yaratilgan nemis tili darsliklarining muhokamasi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, mazkur darsliklarni Toshkent shahridagi 60-sonli, Samarqanddagi 51-sonli hamda Fargʻonadagi 10-sonli nemis tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablarida tajriba-sinovdan oʻtkazishga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Umarov tadbirni ochib bergach, seminar oʻz ishini boshladi. Mazkur seminarda Klett nashriyoti xodimi Jennifer Svanda, Toshkentdagi Gyote instituti va Davlat test markazining nemis tili yoʻnalishi boʻyicha masʼul xodimlari hamda yuqorida qayd etilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining nemis tili fani oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Seminar mobaynida Klett nashriyoti tomonidan yaratilgan Fabuli – Wo ist Paola? – Die Deutschprofis – Aspect Junior darslik majmualari tahlil qilindi.

Seminar yakuniga koʻra, mazkur darslik majmualar Toshkent shahridagi 60-sonli, Samarqand viloyatidagi 51-sonli hamda Fargʻona viloyatidagi 10-sonli nemis tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablarida 2018-2019 oʻquv yilining 4-choragi davomida tajriba-sinovdan oʻtkazilishi rejaga kiritildi.

Поделиться