O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XTVning chet tili oʻqituvchisi va metodisti Fransiya hukumati mukofoti bilan taqdirlandi
2019-04-03 | Ta’lim
Xalq taʼlimi vazirligi tizimining ikki nafar vakili Fransiya hukumatining “Akademik Palma” mukofoti kavalerlariga aylandi.
Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tavsiyasiga binoan toʻrt nafar Oʻzbekiston fuqarosi “Akademik Palma” mukofoti kavalerlari unvoniga sazovor boʻldi.
Ular orasida Xorazm viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi chet tillari boʻyicha metodisti Gulsun Nazarova va Olmaliq tumani 22-sonli umumtaʼlim oʻrta maktabi hamda Olmaliq tumani litseyining fransuz tili oʻqituvchisi Bahrom Oʻrinboyev ham bor.
“Akademik Palma” mukofoti kavalerlari unvoni ularga Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashda qoʻshgan hissalari uchun taqdim etildi.
Xalq taʼlimi vazirligi jamoasi Gulsun Nazarova va Bahrom Oʻrinboyevlarni mazkur mukofot bilan muborakbod etadi.