O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpogʻiston va Xorazmda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish boʻyicha seminar tashkil etildi

2019-04-03 | Ta’lim

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan “Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish – taʼlim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusidagi navbatdagi seminar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tashkil etildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida tashkil etilgan seminarda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N.Tashkenbaev, Joʻqorgʻi Kengash raisi oʻrinbosari A.K.Xamraev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri ishtirok etishdi. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari, Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi professor-oʻqituvchilari, Respublika oʻquv metodika markazi metodistlari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari, taʼlim sifati monitoringi boʻlimi bosh inspektor-metodistlari, tayanch maktablar direktorlari, tayanch maktablarning matematika va tabiiy, ona tili va adabiyoti fanlari boʻyicha metod birlashmalar rahbarlari, jami 162 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Har ikkala hududlarda ham xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish boʻyicha seminar qatnashchilariga tushuntirishlar berib oʻtish maqsadida masʼullar tomonidan maʼruzalar oʻqildi. Xususan, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining bosh boshqarmasi boshligʻi A.Radjiev “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha xalq taʼlimi tizimi xodimlarining vazifalari”, Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktori A.Ismailov “PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari”, Namangan viloyati Chust tuman taʼlim sifati monitoringi boʻlimi bosh inspektor-metodisti A.Darvishxoʻjaev “Oʻquvchilarning tabiiy fanlar boʻyicha savodxonligini baholash”, Milliy markaz boʻlim boshligʻi N.Karimov “Oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholash”, Milliy markaz bosh mutaxassisi X.Ahmedov “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini baholash PIRLS dasturi” kabi mavzularda maʼruzalar qilishdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida tayanch maktab hisoblagan Nukus shahar 1-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab direktori G.Abdirova, Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimi rus tili va adabiyoti fani metodisti T.Kenjaeva, Xoʻjayli tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudirasi K.Fayzullaevalar tomonidan yoʻnalish doirasida maʼruzachilarga oʻz savollarini yoʻllab, javoblar olishdi. Taxiatosh tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Q.Bekbaoʻliev va Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari R.Matqurbanovlar seminar borasidagi mavzular boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.

Xorazm viloyatida tashkil etilgan seminar davomida asosiy maʼruzachilardan keyin Urganch shahar 29-sonli maktabning rus tili fani oʻqituvchisi S.Safarova “Oʻquvchilarning ijodiy fikrlash savodxonligini baholash” mavzusida oʻz taqdimotini oʻtkazdi. Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha videorolik namoyish etildi. Mavzular yuzasidan ishtirokchilarning fikr mulohazalari tinglandi. Hozirda Xorazm viloyatining barcha shahar, tumanlaridan jami 22 ta tayanch maktablar belgilangan boʻlib, viloyat boʻyicha 33 nafar xodimlar masʼul etib biriktirilgan. Bugungi kunda ushbu tayanch maktablarida tasdiqlangan rejaga muvofiq, har hafta “PISA-Xalqaro baholash dasturi” jarayonlariga puxta tayyorgarlik koʻrish va mavjud muammolarni bartaraf etish mavzularida oʻquv-amaliy seminarlari oʻtkazib kelinmoqda.

Поделиться